Uzbekistan is my second home: O‘zbekiston yangi imigratsion viza joriy etadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishViza v pasporte
Viza v pasporte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda daromadlari yuqori va akademik yutuqlari ko‘p bo‘lgan odamlarni jalb qilish uchun ikki oy ichida yangi — Uzbekistan is my second home (O‘zbekiston — ikkinchi uyim) immigratsion viza turi ishlab chiqiladi.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda daromadlari yuqori va akademik yutuqlari ko‘p bo‘lgan odamlarni jalb qilish uchun ikki oy ichida yangi  — Uzbekistan is my second home (O‘zbekiston — ikkinchi uyim) immigratsion viza turi ishlab chiqiladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi departament boshlig‘i Shuhrat Isaqulov “O‘zbekiston 24” kanali efirida ma’lum qildi.

Bu “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmonida belgilangan.

“Bu vizaning yangi turidir. Ushbu hujjatning asosiy mantig‘i va maqsadi yuqori akademik bilimlarga, hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori daromadli odamlarni yashash uchun mamlakatimizga jalb qilishdir. Ular mamlakatimizda mustaqil ravishda yoki oila a’zolari bilan yashashi va o‘z bilimlari bilan mamlakatimizga hissa qo‘shishlari mumkin. Bu, shuningdek, bilim uzatishning juda katta manbaidir”, — deydi Shuhrat Isaqulov.

Shuningdek, farmon bilan 2021-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda turistik soliqlarni hisoblashning yagona tizimi joriy etiladi. Bu taqdim etilayotgan xizmatlarning sifati, mehmonxonalardagi joylar soni monitoringini yuritish, shuningdek, xorijiy fuqarolarning kirishi va chiqishini nazorat qilish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0