AQShning maqsadi - Shinjon va Markaziy Osiyoni tinch qo‘ymaslik - ekspert

© REUTERS / Thomas PeterMujchina prodayet muzikalniy instrument v Starom Gorode v Kashgare, Sinszan-Uygurskiy avtonomniy rayon, Kitay
Mujchina prodayet muzikalniy instrument v Starom Gorode v Kashgare, Sinszan-Uygurskiy avtonomniy rayon, Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda "2020 yilda uyg‘urlar borasida inson huquqlari siyosati to‘g‘risidagi akt" qabul qilindi. Unda Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarida istiqomat qiluvchi etnik qozoq va qirg‘izlar alohida tilga olindi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. 17-iyun kuni AQShda "2020 yilda uyg‘urlarga nisbatan inson huquqlari sohasida siyosat to‘g‘risidagi akt" qabul qilindi, uning maqsadi - Xitoyning ichki ishlariga jiddiy aralashish hamda Shinjondagi uyg‘un va farovon vaziyatni qoralashdan iborat.

Vodrujenie znamen Krasnoy armii nad Reyxstagom dostupno v formate VR-rekonstruksii   - Sputnik O‘zbekiston
Har o‘ninchi amerikalik Ikkinchi Jahon urushida AQSh Rossiyaga qarshi urush qilgan deb hisoblaydi

Shuni ta’kidlash kerakki, "Shinjon bo‘yicha qonun loyihasi" deb nomlangan  Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarida istiqomat qiluvchi etnik qozoq va qirg‘izlar alohida tilga olindi - bu Xitoyning mintaqada qo‘shnilari bilan munosabatlariga putur yetkazish uchun qilindi.

Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari mehribon qo‘shni, yaxshi do‘st va ishonchli sherik davlatlar hisoblanadi. Xitoy bilan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning umumiy chegaralari 3000 kilometrdan oshadi.

Ular orasida tarixan yaqin aloqalar o‘rnatilgan va hozirgi munosabatlar ijobiy, har bir mamlakatdagi haqiqiy vaziyatni hisobga oladi.

2016 yilda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov vafotidan so‘ng, mintaqa mamlakatlari hukumatni o‘zgartirish va islohot qilish bosqichiga o‘tdi.

O‘sha vaqtda "Yovuzlikning uch kuchi" tarafdorlari (ekstremizm, separatizm va terrorizm) Markaziy Osiyo mintaqasida, shu jumladan Xitoyning Shinjonda tinchlik va barqarorlikni buzgan holda qator terrorchilik harakatlarini uyushtirdilar va amalga oshirdilar.

“Yovuzlikning uch kuchi” insoniyatning umumiy dushmaniga aylandi. Xitoy doimiy ravishda tashabbus ko‘rsatib, unga qarshi kurashni faol olib bormoqda.

Vstrecha liderov SShA i Kitaya Donalda Trampa i Si Szinpinya v ramkax sammita G20 (29 iyunya 2019). Osaka - Sputnik O‘zbekiston
AQSh uyg‘urlar siyosati bilan bog‘liq Xitoy amaldorlariga qarshi sanksiyalar kiritadi

Shinjonda istiqomat qiluvchi barcha etnik guruhlarning asosiy huquqlari va manfaatlarining maksimal darajada himoya qilinishini ta’minlash uchun Xitoy zo‘ravon terrorchilik jinoyatlarini keskin ravishda oldini olmoqda.

Shu bilan birga, bu mintaqada terrorizm va ekstremizmni rivojlantirishi uchun asosni yo‘q qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Bu – birinchidan. Ikkinchidan esa, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari ShHT doirasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni faollashtirmoqda, bu bilan Yaqin Sharqdan Afg‘onistonga, Markaziy Osiyoga va qo‘shni mintaqalarga terrorchilarni qaytarilishini, IShIDning Markaziy Osiyoda “Xuroson viloyati” provinsiyasini yaratishga urinishlariga chek qo‘ymoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlari ham "AQShning Shinjon qonuni"ga salbiy munosabatda. 2019-yil 12-iyul kuni Jenevadagi Tojikiston, Turkmaniston va boshqa musulmon mamlakatlarning doimiy vakillari birgalikda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi raisiga maktub yo‘llashdi, unda Xitoyning mintaqadagi inson huquqlarini rivojlantirish va terrorizmga qarshi kurashdagi yutuqlarini yuqori baholangan.

2021-2023 yillarda Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zosi bo‘lishni istagan O‘zbekiston Xitoyning Shinjonni boshqarishdagi muvaffaqiyatini bir necha bor e’tirof etib, deradikalizatsiya bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi 2018-2019 yillarda o‘z fuqarolarining iltimosiga binoan,  Xitoyda etnik qirg‘izlar bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib chiqib, uning natijalari XXRda qirg‘izlarning huquqlari to‘liq himoyalanganligini va fuqarolarning bedarak yo‘qolish holatlari uchramaganligini ko‘rsatdi (AQSh buning aksini aytmoqda).

2019 yilda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Xitoyning, jumladan Qirg‘iziston bilan chegaradosh Shinjonning jadal rivojlanib borayotganiga yuqori baho berdi.

Rossiya Su 27 qiruvchilari AQSh V 52H bombardimonchisini to‘xtatib qolishdi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Su-27 qiruvchilari AQSh bombardimonchisini to‘xtatib qolishdi

2019 yil dekabr oyida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Tokayev Germaniya ommaviy axborot vositalariga bergan intervusida Shinjonda etnik qozoqlar - Xitoy fuqarolari ekanligini tasdiqladi.

Bir qator G‘arb davlatlari va tashkilotlari inson huquqlari bahonasida qo‘pol noto‘g‘ri ma’lumot berishmoqda.

Shinjonda tashkil etilgan "kasb-hunarga o‘qitish markazlari" G‘arbiy OAV ta’riflaganidek - qayta tarbiyalash lagerlari emas, bu ta’lim muassasalari.  

Qozog‘iston Xitoyni qoralanishga qarshi, Xitoy esa Qozog‘iston ichki ishlariga hech qachon aralashmagan va aralashmaydi. Qozog‘iston ham xuddi shunday.

Tahlilchilar fikriga ko‘ra, AQSh “Shinjon bo‘yicha qonun loyihasi” Vashingtonning global strategiyasining muhim qismi. Jahon siyosati nuqtayi nazaridan, AQSh global strategiyapasaytirish bo‘yicha o‘z pozitsiyasi o‘zgartirmoqchi emas.

Shu yil fevral oyida qabul qilingan "AQShning Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiya" va AQSh mart oyida "Tolibon" bilan tinchlik shartnomasi imzolanishi butun dunyoga Vashingtonning ko‘plab intilishlari borligini ko‘rsatdi, ammo ularni amalga oshirish uchun kuch yetarli emas.

Mintaqaviy siyosat nuqtayi nazaridan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning maqomi to‘g‘risidagi Konvensiya va fuqaroligi bo‘lmaganlarning soni qisqartirish to‘g‘risidagi konvensiya asosida AQSh "demokratiya va inson huquqlari" degan bahonada Markaziy Osiyo davlatlarini Afg‘oniston va Yaqin Sharqdan, ehtimol terrorichilarga yaqin yoki qarindosh bo‘lgan qochqinlarni qabul qilishga majbur qildi.

Rossiyskiy podvodniy bespilotnik Vitaz-D vpervie dostig dna Marianskoy vpadini - Sputnik O‘zbekiston
AQSh “Vitaz” suv osti apparatining Mariana chuqurligiga sho‘ng‘ishini kuzatishga urindi

Davlat siyosati nuqtayi nazaridan, Vashington "Shinjon bo‘yicha akt" yordamida Xitoyga tuhmat qilib, Shinjonni ham, butun Markaziy Osiyoni ham tinch qo‘ymaslik uchun Xitoyning ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralashishga harakat qilmoqda.

Shinjonning aholisi ushbu hududni qanday boshqarish kerakligini juda yaxshi biladi. So‘nggi yillarda bu yerda barqarorlik va farovonlik hukm surmoqda, ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish qayd etildi, jiddiy teraktlar bo‘lmadi va G‘arb mamlakatlari bu faktni e’tiborga olmasligi mumkin emas.

Markaziy Osiyo mamlakatlari Shinjon masalalarida Xitoyni qo‘llab-quvvatlamoqda, bu an’anaviy do‘stlik va yuqori darajadagi o‘zaro ishonchni namoyish qiladi.

XXR va Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqada yagona taqdir jamiyatini shakllashtirish va  o‘zaro farovonlikni rag‘batlantirish borasida yanada xavfsizroq poydevor yaratish bo‘yicha birgalikda harakat qilmoqdalar.

Gao Xansun, Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti kichik ilmiy xodimi.

RIA Novosti.

Yangiliklar lentasi
0