Coca-cola zavodi xususiylashtirishga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzobrajenie "Coca-Cola" na odnom iz torgovix sentrov v Tashkente
Izobrajenie Coca-Cola na odnom iz torgovix sentrov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Coca-cola korxonasining davlatga tegishli bo‘lgan 57,1 % ulushi sotuvga chiqarish uchun tayyorlanmoqda - Davaktiv.

TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. “Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd” MChJ xususiylashtirishga tayyorlamonqda, deb xabar qildi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi. 

"Davlat aktivlarini boshqarish agentligi shaffoflikni ta’minlagan holda “Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd” mas’uliyati cheklangan jamiyatini ommaviy savdolar asosida xususiylashtirishga tayyorlamoqda", - deyilgan rasmiy xabarda. 

Xususiylashtirish jarayoniga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy investitsiya vositachilari va auditorlik kompaniyalarini jalb etish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Hozirgi kunda Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd” mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi - 57,118 % ulush "O‘zbekozikovkatxolding" xolding kompaniyasiga va 42,882 % "The Coca-Cola Export Corporation" (AQSh) kompaniyasiga tegishli.

Yangiliklar lentasi
0