G‘alaba paradi: Mirziyoyev Moskvada o‘tkaziladigan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 23-24 iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 23-24 iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Paradnie rascheti vo vremya parada v Moskve  - Sputnik O‘zbekiston
Peskov: O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etishini tasdiqladi

Tashrifning birinchi kuni dasturiga muvofiq, oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

“24 iyun kuni davlatimiz rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin og‘ir epidemiologik vaziyat tufayli paradni keyinga qoldirishga qaror qilgan edi. 9-may kuni Rossiya shaharlarida havo paradlari va mushakbozliklar tashkil qilindi. May oyi oxirida Rossiya yetakchisi G‘alaba paradini 24-iyun kuni o‘tkazilishini e’lon qildi.

Yangiliklar lentasi
0