PPX xodimlariga fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish kerakligi eslatildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSotrudniki GAI proverayut dokumenti
Sotrudniki GAI proverayut dokumenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
PPX shaxsiy tarkibi bilan qonunchilik va xizmat intizomiga rioya qilish haqida suhbat o‘tkazildi. Unda xodimlar fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lishi kerakligi eslatildi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati brigadasining shaxsiy tarkibi bilan Kadrlar boshqarmasi, IIV Toshkent shahri bo‘yicha O‘z xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda qonunchilik va xizmat intizomi buzilishining oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Sotrudniki MVD i Natsionalnoy gvardii na postu proverayut dokumenti - Sputnik O‘zbekiston
Nukusda taksichini majburlab olib ketishga urinish holati yuzasidan ma’lumot berildi

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, yig‘ilish davomida xizmat intizomi buzilishi sabablari muhokama qilindi. Savol-javob tariqasida shaxsiy tarkibning respublika va poytaxtda hodisalar haqida ma’lumot tekshirildi. Shaxsiy tarkib bilan xodimlarning xizmat vazifasiga mas’uliyatsiz munosabatda bo‘lish holatlari muhokama qilindi.

“Shuningdek, tadbir davomida xodimlarga xizmat vazifasini olib borish davomida fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, ibrat bo‘lish kerakligi eslatildi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0