“Rus xalqi sovg‘alari” haqida gapirganda Putin kimni nazarda tutgan edi?

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Sovet Ittifoqidan chiqishda "rus xalqidan olgan" sovg‘alarini tashlab chiqishi kerak bo‘lgan respublika haqida gapirganda kimni nazarda tutgan edi.

TOShKENT, 22-iyun – Sputnik. Kecha “Rossiya 1” telekanali efirida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning jurnalist Pavel Zarubinga bergan katta film-intervyusi e’lon qilindi.

Unda Vladimir Putin, jurnalistning Rossiya konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqidagi savoliga javob berarkan, Sovet Ittifoqiga a’zolik davrida ayrim respublikalarning maydoni Rossiya yerlari hisobidan sezilarli darajada kengayganini aytib o‘tdi.

“Sovet Ittifoqi tuzilish shartnomasida har bir respublikaga undan chiqish huquqi berilgan, lekin chiqish protsedurasi aniq ko‘rsatilmagan edi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi - biror respublika Sovet Ittifoqiga kirib, Ittifoqda bo‘lgan davrida o‘z hududidga Rossiyaga tegishli bo‘lgan ulkan yerlarni qo‘shib olib, keyinchalik Ittifoqdan chiqishga qaror qilsa, nima qilishi kerak?

Ittifoqdan chiqishga qaror qilibdi mayli, hech bo‘lmasa rus xalqidan olgan sovg‘asini, an’anaviy Rossiyaga tegishli bo‘lgan yerlarini qoldirib, qanday kelgan bo‘lsa shu holda chiqib ketsa boshqa gap edi, lekin bularning hech biri Sovet Ittifoqini tuzish shartnomasida ko‘rsatilmagan edi.

Prezident RF V. Putin na voyennom parade v chest 74-y godovshini Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Unutilgan o‘tmish saboqlari va uning og‘ir to‘lovi — Putin maqolasi

Shu sababli bugun men, Rossiya Konstitutsiyasiga taklif qilinayotgan qo‘shimchalarni mutlaq to‘g‘ri deb bilaman", - dedi Rossiya prezidenti.

Ma’lumot uchun, Rossiya konstitutsiyasiga kiritilishi taklif etilayotgan qo‘shimchalar orasida Konstitutsiyaning 67 moddasiga kiritilayotgan qo‘shimchalar ham bor. U yerda Rossiya hududining yaxlitligi va bo‘linmasligi aytib o‘tilgan.

“Rus xalqi sovg‘asi” haqida gapirganda Putin, birinchi navbatda, albatta Ukrainani nazarda tutgan edi, chunki 1917-yildan 1991-yilga qadar Ukraina Respublikasi hududi Rossiya yerlari hisobidan sezilarli miqdorda kengaygan. 

1917-1922 yillarda Ukraina Sovet Ittifoqiga qo‘shilganidan so‘ng Odessa, Xerson, Zaporojye, Donesk, Lugansk, Dnepropetrovsk, Xarkov va yana bir necha viloyatlar Kommunistik partiya rahbariyati tomonidan Ukraina respublikasi tarkibiga qo‘shilgan edi.

1954 yilda esa Xrushev KPSSning birinchi kotibi bo‘lgan vaqtida esa Qrim yarim orolini Ukraina tarkibiga kiritilgan.

Prezident RF V. Putin vistupil s obrasheniyem k grajdanam - Sputnik O‘zbekiston
Putin ilk bor AQShdagi tartibsizliklarga munosabat bildirdi

Usha vaqtlarda barcha Ittifoq respublikalari yagona davlat SSSR tarkibida bo‘lgani tufayli ushbu ma’muriy hududiy o‘zgarishlar asosan rasmiy xarakterga ega bo‘lib, aholi kundalik hayotida jiddiy aks etmagan.

1991 yilda esa Ukraina Sovet Ittifoqi tarkibidan chiqishga qaror qilganda, Ittifoqda bo‘lgan davrida unga qo‘shib berilgan yerlar Ukraina tarkibida qolgan, ma’muriy chegaralar bo‘lsa – haqiqiy davlat chegarasiga aylangan.

2014 yilda Ukrainada AQSh va qator G‘arbiy davlatlar boshqaruvida sodir bo‘lgan davlat to‘ntaruvidan so‘ng Qrim yarim oroli aholisi, Donesk va Lugansk viloyatlari aholisi yangi noqonuniy hukumat boshiga kelgan Ukraina rahbariyatiga bo‘y so‘nishni istamadi. Qrim yarim Oroli aholisi Rossiya hukumatiga yordam so‘rab murojaat qildi. Yarim orolda o‘tkazilgan referendumda aholining 97% Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz berishdi.

Donesk va Lugansk shaharlari esa o‘zlarini alohida respublikalar -  DNR va LNR deb e’lon qilib, hozirga qadar Ukraina hukumatiga faol harbiy qarshilik ko‘rsatib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0