Blogerlarni ta’qib qilish emas to‘g‘ri ishlashga o‘tishimiz kerak - adliya vaziri

© Foto: Natsionalniy Olimpiyskiy komitet Uzbekistana Glava Minyusta respubliki Ruslan Davletov izbran prezidentom Federatsii basketbola Uzbekistana.
Glava Minyusta respubliki Ruslan Davletov izbran prezidentom Federatsii basketbola Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan buyon axborot cheklanmaydi, amaldorlar qonuniy va shaffof ishlashga o‘tishi kerak dedi adliya vaziri.

TOShKENT, 23-iyun - Sputnik. Bundan buyon axborot cheklanmaydi, zamonaviy ishlashga o‘tishimiz kerak, dedi O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati majlisida adliya vaziri Ruslanbek Davletov.  

"Blogerlarni orqasidan yugurib yurish kerak emas to‘g‘ri ishlash kerak, tamom. Bularning barchasini huquqiy yechimi bor. Biz tegishli tartibda hal qilishni o‘rganishimiz kerak", - dedi Ruslanbek Davletov. 

Xamma narsani qonuniy tartibda xal kilish mumkin. Agar bloger noto‘g‘ri axborot tarqatgan bo‘lsa, yoki kimgadir tuhmat qilgan yoki noqonuniy harakat qilgan bo‘lsa. Davlat organi o‘zining munosabatini bildirishi kerak. Sivilizatsion yo‘l bilan hal qilishni iloji bor.

Bundan keyin, axborot zamonida biz hech qaday axborotni jilovlay olmaymiz. Shuni uchun tarqatilayotgan ma’lumotlardan to‘g‘ri xulosa qilish kerak. Qonun ustuvorligini, ochiqlikni, shaffoflikni ta’minlab – zamonaviy ishlashga o‘tishimiz kerak. Bundan boshqa yo‘li yo‘q. Buyog‘iga axborot cheklanmaydi.

Buni prezidentimiz ham ham katta siyosiy iroda sifatida namoyish qilayaptilar, tushintirayaptilar. Biz ham adliya vazirligi sifatida shunga bel bog‘laganmiz. Bundan buyon axborotni cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi, - dedi vazir.

Davletov aytishiga qarganda, har qanday davlat kuch bilan emas konun ustuvorligi natijasi rivojlangan. Buni yangidan kashf kilish kerak emas. Bu narsa ko‘p marta tasdiqlangan. Xar kim o‘ziga yokkan ishni qilaversa ertaga jamiyat parokanda buladi.

O‘zbekiston adliya vaziri nutqini quyida batafsil tinglashingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0