Video

Har bir askar xotirasini yod etish: Rossiyada tarixni qayta koʻchirmaslikka chaqirishmoqda

Sobiq sovet ittifoqining koʻplab mamlakatlarida xotira va qaygʻu kunida Ulugʻ vatan urushi qurbonlari yod olinadi. 1418 urush kunlari mobaynida 27 milliondan ortiq SSSR fuqarolari halok boʻldi.

Faqat Qizil Armiyaning jasorati va qahramonligi tufayli dunyoni fashizmdan ozod qilishga muvaffaq boʻldi.

“Urush davridagi sinovlar xalqimizning ulkan kuch va matonatini namoyish etdi. Soʻnmas jasorat namunalari, chinakam vatanparvarlik va ajdodlar nasihatlariga sadoqat - bu oʻz ona zaminini asrash va himoya qilish demak. Biz, Rossiya fuqarolari uchun, Ulugʻ Vatan urushi haqidagi xotira, jang qilgan va halok boʻlgan, bor kuchlari bilan gʻalabani yaqinlashtirgan barcha insonlar xotirasi - mutlaq muqaddasdir”, - dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Urushning dastlabki bosqichlarida Qizil Armiya askarlari Gitler qoʻshinlarining hujumini toʻxtatishga muvaffaq boʻldi, bu rekord vaqt ichida davlatning ichki qismiga minglab zavodlarni evakuatsiya qilishga imkon berdi.

Qariyalar, ayollar va bolalarning dala, shaxta va dastgohlarda tunu-kun mehnat qilishi hujumni toʻxtatishga yordam berdi, keyinchalik fashistlarni chekinishga majbur qildi.

Buyuk Gʻalabaning yubiley yilida tarixni qayta koʻchirishga urinishlarga qarshi turish oʻz vatani uchun jonini fido qilgan har bir askar xotirasini yod etish har qachongidan ham muhimdir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala