Jamiyat

“Humo” va “Uzcard” toʻlov tizimlari integratsiyalashtiriladi

© Sputnik / Yekaterina ChesnokovaTerminal oplatы bankovskimi kartami
Terminal oplatы bankovskimi kartami - Sputnik Oʻzbekiston
Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasida “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hukumat qarori qabul qilindi.

Uzcard - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Uzcard jarimalar haqida ogohlantiruvchi mobil ilova ishga tushirdi

Qaror bilan “Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlanib, qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

Jumladan:

- aholi uchun isteʼmol kreditlari ajratish tartibi yanada soddalashtiriladi va takomillashtiriladi;

- barcha kadastr hujjatlari raqamlashtiriladi;

- “Humo” va “Uzcard” toʻlov tizimlarini integratsiyalashtiriladi;

- "QR" kod orqali amalga oshiriladigan toʻlovlarning ommabopligi oshiriladi va koʻlami kengaytiriladi;

- moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi muqobil tashkilotlar rivojlantiriladi, “Nobank kredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala