Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: 23 iyun asosiy xabarlari

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtish"Gemotest" nachinayet delat analizы na koronavirusnuyu infektsiyu
Gemotest nachinayet delat analizы na koronavirusnuyu infektsiyu - Sputnik Oʻzbekiston
Bugunning oʻzida 176 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 4 560 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Andrey Suleykov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Nozik masala: Suleykov COVID-19ga chalinadigan sayyohlar uchun toʻlanadigan kompensatsiya haqida

Bir sutka davomida 134 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 6535 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi bemorlar: 21 nafari - karantin markazidagi fuqarolar, 6 nafari - Toshkent viloyatida (4 tasi bemor bilan muloqotda boʻlgan, bittasi aholi orasida, bittasi xalqaro yuk tashuvchi haydovchi), 5 nafari - Toshkent shahrida (3 tasi bemor bilan muloqotda boʻlgan, 2 tasi aholi orasida), 3 nafari - Sirdaryo viloyatida (bittasi bemor bilan muloqotda boʻlgan, bittasi aholi orasida, yana biri xalqaro yuk tashuvchi haydovchi).

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 176 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sogʻayganlar soni 4560 nafar.

Ayni paytda 1975 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.  Ayni vaqtda 18 nafar bemorning ahvoli ogʻir.

Antitanachalarni aniqlash testi

Kelasi haftadan Oʻzbekistonda aholida antitanachalarni aniqlash uchun test olinishi rejalashtirilmoqda.

U vsex posetiteley s pomoщyu teplovizora izmeryayetsya temperatura tela pri vxode na rыnok i dezinfitsiruyetsya ruki antiseptikami - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda aniqlangan koronavirus holati 6500 taga yetdi

Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Habibullo Oqilov AOKAda oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi:

“Biz hozirga qadar koronavirus bilan zararlanganlarni aniqlab, ularni davolash, virus yuqtirgan bemorlar bilan muloqotda boʻlganlarni esa karantinga olish masalalari bilan shugʻullandik.

Koronavirusni aniqlash uchun PZR tahlili lozim boʻladi, xolos. Antitanachalar shakllanishi uchun esa virus yuqtirgan bemorlar tuzalib chiqqan boʻlishi lozim.

Karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish uchun antitanachalarni aniqlash kerak boʻladi. Buning uchun Oʻzbekistonda ham kelasi haftadan aholi orasida immunofermen analizini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda”.

“COVID-19”ga nodavlat tibbiyot muassasalarida ham tahlil topshirish mumkin.

24 iyundan boshlab davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari hamda fuqarolar uchun ushbu  infektsiyaga tahlil topshirishda ixtiyoriy, pullik asosda nodavlat tibbiyot tashkilotlari xizmatlaridan ham foydalanish imkoniyati yaratildi.

Koronavirus infektsiyasini laborator sharoitida aniqlash narxini nodavlat tibbiyot tashkiloti mustaqil belgilaydi.

Charter

Oʻzbekiston Transport vazirligi fuqarolarni xorijdan olib kelish uchun tashkil qilinadigan navbatdagi charter reyslar roʻyxatini eʼlon qildi. 22 iyundan 5 iyul kunlari davomida 21 ta reys tashkil qilinadi.

Toʻliq roʻyxat.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning 188 ta davlatiga yetib bordi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 9 milliondan oshdi, 476 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQSH (2,3 mln), Braziliya (1,1 mln), Rossiya (591 ming).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala