Analitika

Rossiyadagi eng soʻnggi masofadan boshqariladigan minalashtirish mashinalari haqida

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishMashina distantsionnogo razminirovaniya "Listva"
Mashina distantsionnogo razminirovaniya Listva - Sputnik Oʻzbekiston
Harbiy mojarolar - bu avvalambor, texnologiyalar kurashidir. Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarida jangovar foydalanishning barcha sohalarida jadal oʻzgarishlar roʻy bermoqda.

Rossiya keng yoʻnalishda oʻz qurollarining texnologik ustunligini, shu jumladan, olis masofadan turib minalashtiradigan va minalardan tozalaydigan mashinalarining orbital tizimlar bilan integrallashuvini namoyish qilmoqda.

Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin boshqa davlatlarni eng yangi qurol bilan hayratda qoldirishga vaʼda berdi

1941-1945 yillar Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan harbiy parad mashgʻulotlarida 24 ta yangi namunadagi qurol va aslahalar orasida hududni masofadan minalaydigan va minalardan tozalaydigan – "Zemledeliye" va "Listva" mashinalari birinchi bor koʻrinish berdi. Birinchisi "sputnik boʻylab" reaktiv zal berish nuqtasidan 15 kilometr masofada aniq minalashtirish xususiyatiga ega, ikkinchisi mashina harakatlanish yoʻnalishidagi 100 metrgacha boʻlgan masofada yuqori chastotadagi mikrotoʻlqinli nurlanish yordamida dushman portlovchi uskunalarini kafolatli yoʻq qiladi yoki zararsizlantiradi. Yangi tizimlar ommaviy ishlab chiqarilmoqda va Rossiya qoʻshinlari tarkibiga kiritilmoqda.

Texnologik taraqqiyot yanada samarali va "aloqasiz" boʻlib borayotgan jangovar harakatlar taktikasini oʻzgartirib yubormoqda. Rossiya mudofaasi sanoatining ilgʻor ishlanmalari dushmanning quruqlikdagi kuchlarini uzoq masofalarda - boʻlinmalarning bevosita jangovor toʻqnashuvisiz toʻxtatishga, shuningdek, radio toʻlqin orqali boshqariladigan "pistirma" fugas va minalarni uzoq masofada yoʻq qilishga imkon beradi.

Novыe snayperskiye vintovki K-15 i F-17 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada 7 km masofadagi nishonni yakson qiladigan snayper quroli yaratiladi

"Zemledeliye"ning hududlarga aniq zarbasi

Mina-portlatuvchi toʻsiqlar (MVZ) mudofaa va hujum amaliyotlarida, quruqlikdagi kuchlarning manevrlarini qisib qoʻyish, yuqori tezkor zarba berish guruhlarini ushlab turish yoki havo desantini minalashtirilgan dalalar bilan cheklash uchun, aloqalarni buzish, dushmanning front ortidagi harkatlarini izdan chiqarish, shuningdek, oʻz himoya chizigʻini va boshqa zaifliklarni kuchaytirish maqsadida ishlatiladi. Bunda minalashtirish aniqligi va tezligi muhim rol oʻynaydi.

Muhandislik tizimi yordamida masofadan minalashtirish qarori qoʻmondon tomonidan qabul qilingach 10 daqiqadan soʻng amalga oshirilishi mumkin. Bu butun hududlarni (va dushman pozitsiyalarini) operativ maydondan va jangovar operatsiyalardan "oʻchirib qoʻyish" imkonini beradi. Mina-portlovchi toʻsiqlarni oʻrnatishning bu usuli eng xavfsiz va ustamon hisoblanadi, yuqori darajadagi avtomatlashtirish va avtonomlikka ega.

Amerikantsы s orujiyem v rukax zaщiщayut svoy biznes ot maroderov - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Amerikaliklar talonchilardan himoyalanish uchun qoʻliga qurol oldi – video

KamAZ (8x8) rusumidagi mashina negizida yaratilgan “Zemledeliye” Rossiya muhandislik masofaviy minalashtirish tizimi (ISDM) - har xil turdagi minalarni (piyodalarga va tanklarga qarshi) otuvchi maxsus ishlab chiqilgan, 122 mm raketalar bilan 50 stvolli birdaniga zarba beruvchi qurilmadir. Zamonaviy yuqori samarali oʻq-dorilarning yangi avlodi oʻz-oʻzini yoʻq qilish boʻyicha xalqaro shartnomalar talablariga toʻliq javob beradi. Maqsadlarni kutmasdan maʼlum bir vaqtda oʻzini oʻzi yoʻq qiladigan (yoki xavfsiz rejimga oʻtadigan) “navbatchi” toʻsiqlarini oʻrnatish imkoni bor.

“Zemledeliye” ISDM raketasi oʻq-dorilarni joylashish joyidan 5 dan 15 kilometrgacha masofada “ekib chiqadi”. Yoʻldosh navigatsiyasi va avtomatik boshqaruvi tufayli minalar aniq belgilangan joyga tushadi. Tizimning avtonom meteostantsiyasi "shamolga qarab tuzatishlar"ni qiritadi. Shu bilan birga, oʻt ochishga maʼlumot tayyorlash, hisobdagi nuqtalarga zarba berish va yangi oʻq-dorini toʻldirish uchun transportni transportni chaqirish avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Tizim mobil, yuqori yoʻltanlamaslikka va uzoq vaqt davomida “yakka holda” harakat qilish qobiliyatiga ega. Oʻq-dorilarning oʻzi bilan katta miqdorda olib yurishi (reaktiv snaryadlar transport-oʻt ochish konteynerlarida joylashgan) xuddi shu gʻildirakli bazadagi transport-yuklov mashinasi tomonidan taʼminlanadi. Jangovar foydalanish texnologiyasi old tomondan uzoqroqda joylashishini nazarda tutadi, ammo mashinalar kabinasi zirh bilan himoyalangan.

Uchastniki protesta, vыzvannogo smertyu afroamerikantsa Djordja Floyda, na odnoy iz ulits Nyu-Yorka - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
“Ehtimol, bu ruslar”: AQShning mutlaq quroli buzildi

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ISDMlarni 2020 yildan qabul qila boshlaydi. “Texmash” sotib olingan mashinalarning aniq sonini, shuningdek yetkazib berish surʼatlari va shartnoma miqdorini oshkor qilmadi. Umuman, Tulaning “Splav” NPOning ishlanmasi juda yopiqlangan. “Zemledeliye” haqidagi maʼlumot materiallari birinchi bor “Armiya-2016” xalqaro harbiy-texnik forumida taqdim etilgan, ammo tizimning tasviri birinchi marta iyun oyida chop etildi.

NATOning asosiy armiyalarining (AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya) ham arsenalida masofaviy minalashtirishning aviatsion, reaktiv, artilleriya va muhandislik tizimlari mavjud boʻlib, ular qisqa vaqt ichida va katta hududlarda minalashtirilgan maydonlarini yaratish imkonini beradi. Mina-portillatish texnologiyalarini takomillashtirish va kurashi uzluksiz davom etmoqda. Rossiyaning mina maydanlaridagi koʻplab yutuqlarining dunyoda analogi yoʻq.

"Listva" jangovar mikrotoʻlqinli quroli

Rossiyada yangi fizik printsiplarga asoslangan radioelektron qurolni ham parad, ham jangovar yurishda muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda. “Listva” Masofali minalardan tozalash mashinasi (MDR) 100 metrgacha boʻlgan mina va fugaslarni aniqlash va portlatish qobiliyatiga ega va dushmanning kutilmagan tuxfalaridan saqlanishga yordam beradi. U Strategik raketa qoʻshinlarida (RVSN) sinovdan oʻtdi.

Mejdunarodnыy voyenno-texnicheskiy forum Armiya-2017. Den vtoroy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya dunyodagi eng qudratli qurollardan birini modernizatsiya qilishni yakunladi

“Listva” RVSNda 2017 yilda paydo boʻlgan, ammo Gʻalaba paradida birinchi bor ishtirok etadi. Rossiyaning eng maxfiy majmualaridan biri qitʼalararo ballistik raketalarni uchirish moslamalari harakati yoʻlidagi portlovchi moslamalarni zararsizlantirishga moʻljallangan.

Yuqori chastotali nurlanish (SVCH) bloki bilan jihozlangan zirhli mashina quruqlikdagi raketa tizimi oldida jangovar patrul marshruti boʻylab harakatlanadi va uyali aloqa signallarini yaratib, yoʻlning yon tomonidagi va yoʻldan ancha masofadagi radio boshqariladigan minalarni portillatadi. Masofadan minalardan tozalash mashinasi metall elementlari mavjud mina-portlovchi moslamalarini aniqlashga, tarkibida elektron komponetlari mavjud muhandislik oʻq-dorilari va portlatish moslamalarini yoʻq qilishga qodir. Ilgari ushbu texnologiya qoʻllanilmagan, ammo bugungi kunda RVSN muhandislik boʻlinmalari tarkibida 150 ga yaqin “Listva” MDR bor.

Zirhli mashina tomida parabolik antenna oʻrnatilgan boʻlib, u supernurlanish yordamida aniqlangan minani zararsizlantiradi. Yoʻnaltirilgan SVCH-puls portillatuvchi va va oʻq-dorilar aloqa tizimlarini ishdan chiqarishga qodir. SVCH- antennaning amal qilish burchagi 90 daraja. Minadan tozalash xududi kengligi 50 metr. Ekipaj hodimlarini elektron nurlanishdan himoya qilish uchun kiyimlari maxsus metall iplar bilan tikib chiqilgan. "Listva"ning aniq xususiyatlari mahfiylashtirilgan, ammo ochiq manbalardan olingan maʼlumotlarga koʻra, minalarni soatiga 15 kilometr tezlikda harakatlana turib, 100 metrgacha boʻlgan masofada aniqlashi mumkin. Ishlab chiquvchisi Ryazandagi “Globus” konstruktorlik byurosi, ishlab chiqaruvchisi – Krasnodardagi “Kaskad” asbobsozlik zavodi.

Flag SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya AQShni kimyoviy quroldan voz kechishga chaqirdi

Agar siz kengroq qarasak, radioelektron qurol masofadan turib tank minorasidagi snaryadni portillatishi yoki oʻq-dori yuklov tizimini “qisib qoʻyishi” mumkin, shuningdek, 100 metrgacha chuqurlikda yer tagida yoki boshpana ichidagi dushmanning tirik kuchini yoʻq qilishi mumkin. Bu kabi qurol anʼanaviy qurol ishlatmasdan dushman texnikasini zararsizlantirishi mumkin. Elektromagnit nurlanishning koʻchma generatorlari (EMI) dushman elektronikasini oʻnlab kilometr masofada (osmonda, dengizda va quruqlikda) ishdan chiqarishi mumkin. Maʼlum bir chastotadagi toʻlqinlarining yoʻnaltirilgan nurlari elektr jihozlarga bolgʻa kabi taʼsir qiladi. Kompyuterlar qatidi, yoʻl belgilash tizimlari (navigatsiya) funktsiyaliligini yoʻqotadi. Impuls mikrosxemalarni jismonan yoʻq qilishga, yaʼni yoqib yuborishga qodir.

Bir soʻz bilan aytganda, 24-iyun kuni potentsial raqib ustidan texnologik Gʻalaba Paradi boʻlib oʻtadi. Biz "SVCH boʻyicha yuz metrga yugurish" muvaffaqiyatli amalga oshirildi, Rossiyada esa yanada kuchliroq “Gvidon” masofali minadan tozalash vositasi sinovdan oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala