Suriya kundaligi: Rossiya patrullariga hujumlar va AQSh faollashuvi

© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishRossiya i Tursiya proveli sovmestnoe patrulirovanie v Sirii
Rossiya i Tursiya proveli sovmestnoe patrulirovanie v Sirii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyada yo‘q qilinmagan terrorchi otradlari tinchlik o‘rnatish jarayoniga xalal berishga harakat qilishmoqda, lekin ochiq kurash uchun ularning kuchi qolmagan.  

Qolgan-qutgan terrorchi guruhlar va g‘arbiy mamlakatlar qarshiligiga qaramasdan Rossiya Suriyada bosqichma-bosqich tinchlik o‘rnatish  jarayonini davom ettirmoqda. Rossiya harbiy patruli kuchaytirilib, jangovar harakatlar bekor qilingan hududlar kengaymoqda. Tinch hayot tarziga qaytayotgan Suriya aholisi soni tobora oshib bormoqda.

Lekin Suriya Respublikasi hududida vaziyat mukammalligicha qolmoqda. Ba’zi-ba’zida ID* va boshqa turli guruh jangarilari faollashuvi kuzatilmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra Suriya hududida terrorchi guruhlar ta’siri ostida bo‘lgan hududlar saqlanib qolmoqda. 

Mnogotselevoy istrebitel MiG-29 - Sputnik O‘zbekiston
Suriya Rossiyaning MiG-29 qiruvchilarining ikkinchi partiyasini qabul qildi

Ayni damda Rossiya harbiy guruhining asosiy harakatlari Idlib tinchlik o‘rnatish hududiga qaratilgan. U yerda Rossiya va Turkiya birgalikda M-4 trassasning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qismida patrul nazoratini yo‘lga qo‘yishgan. (Putin va Erdo‘g‘onning 2020 yilning 5-martdagi kelishuviga asosan)Shuningdek, 6-martdan boshlab Rossiya va Turkiya kelishuviga asosan hududda jangovar harakatlarni to‘xtatish tartibi kuchga kirgan. Hozircha yo‘q qilinmagan terrorchi otradlari tinchlik o‘rnatish jarayoniga xalal berishga harakat qilishmoqda, lekin ochiq kurash uchun ularning kuchi qolmagan.   

Yaqinda, 16-iyun kuni jangarilar Rossiya va Turkiya kuchlari birgaliklar patrul qilish yo‘nalishi bo‘lgan Erixa va Urum-el-Jauza  aholi punktlari oralig‘ida jangarilar terakt uyushtirishga harakat qilishdi. Qo‘lbola portlovchi moslama ishga tushirilishi oqibatida rossiya bronetransporteri yengil shikastlandi. Qo‘shma patrulning shaxsiy tarkibi zarar ko‘rmadi.

Undan tashqari Suriya shimolida, Kobani shahri hududida 9-iyun kuni Rossiya harbiy politsiyasi patruli yo‘nalishida qo‘lbola mina portlatilgan edi. May oxirida esa Idlib tinchlik o‘rnatish hududida M-4 trassasida Turkiya patruli yo‘nalishida fugas bombasi portlatilgan, harbiylardan bir kishi qurbon bo‘lgan edi.

Viktor Baranes, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Rossiya va Turkiyaning Suriya bo‘yicha kelishuvlari ehtiyotkorona optimizmni uyg‘otadi

Suriya shimolida Rossiya BTR-82A bronetransporteri hamda "Tigr" avtomobili yaqinida teraktlar uyushtirilishiga qarmasdan jiddiy talofat ko‘rilmagani - bu Mudofaa vazirligining harbiy xizmatni tashkil qilishga bo‘lgan yondashuvini hamda shaxsiy tarkib hayotini saqlab qolishga qaratilgan harakatlarining samaradorligini ko‘rsatadi. Rossiya harbiy muasasi Suriyada foydalanilayotgan zirhli texnika parkini kengaytirmoqdava kuchaytirmoqda. Yaqinda u yerga "2Tayfun" nomli radioto‘siq yaratish imkoniga ega bo‘lgan eng yangi zxirhli avtomobil olib kelindi. 

Rossiya harbiy patrullarining faolligi faqatgina Idlib viloyatida emas. Mi-8AMTSh va Mi-35 vertolotlari himoyasi ostida ular Suriya hukumatiga bo‘y so‘nmayotgan viloyatlarda tinchlik o‘rnatish bilan shug‘ullanmoqda. Yevfrat ortida Suriya davlat chegarasi bo‘ylab 300 kilometrlik yangi nazorat yo‘nalishi tashkil qilingan. 

Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyalari davomida (2015 yilning 30-sentabridan boshlab) 300 dan ortiq eng zamonaviy qurol namunalari sinovdan o‘tkazildi, 87 mingdan ortiq jangarilar yo‘q qilindi. (ular orasida 5 mingga yaqin MDH fuqarolari ham bo‘lishi mumkin)

G‘arb faolligi 

Pentagin 10-iyun kuni e’lon qilgan bayonotida AQSh Suriyada uzoq vaqt qolishni rejalashtirmayotganini e’lon qilgan edi. Vaholanki AQSh prezidenti Donald Tramp 3-yil oldin Iroqda ID ustidan to‘liq g‘alabaga erishilganini e’lon qilgan edi. Lekin AQSh tomonidan qo‘shnlarni olib chiqishga qaratilgan harakatlar sezilmayapti. Amerika qo‘shinlari Suriyada noqonuniy (BMT sanksiyalarisiz va Suriya rasmiy hukumati taklifisiz) qolishi bugunga qadar davom etmoqda.

Sverxmanevrenniy istrebitel Su-35S - Sputnik O‘zbekiston
Su-35 Suriya qirg‘oqlarida AQSh josus-samolyotini ushladi: amerikaliklar nima izlayapti?

Amerika harbiylari 16-iyun kuni Iroqdan Suriya shimoli-sharqiga 45ta yuk avtomobilidan iborat bo‘lgan, harbiy texnika, zirhli avtomobillar va yonilg‘i solingan sisternalar ortilgan kolonna jo‘natishdi. Kolonna Suriya hududiga Xaseke viloyatidagi al-Valid noqonuniy chegara posti orqali kirib keldi va neftga boy viloyatda joylashgan amerika harbiy bazasi tomon yo‘l oldi. AQShning bunday harakatlarini Damashq okkupatsiya deb ataydi,Vashingtonning ushbu harakatlarining asosiy maqsadi esa - neft konlari ustidan nazoratni saqlab qolish deb hisoblaydi. 

AQShning Suriyaga qarshi kiritilgan yangi sanksiyalari, birinchi navbatda tinch aholiga zarar yetkazmoqda. Qo‘shma shtatlarda 17-iyunda "Suriya tinch aholisini himoya  qilish to‘g‘risidagi" qonun kuchga kirdi. Rossiya TIVi ushbu qonun haqida "BMT Xavfsizlik Kengashini chetlab o‘tgan holda kiritilgan bir tomonlama cheklovlar" dedi. Ular Suriyaga dori-darmon, kompyuter va boshqa yuqori texnologiyali tibbiy uskunalar (rentgen skanerlar, sun’iy nafas olish uskunalari, dializ va nurli terapiya mashinalari) olib kirishni cheklaydi. 

 

Yangiliklar lentasi
0