Yaponiyada eng kichkina dinozavr tuxumi topildi

© Foto : University of Tsukuba and Museum of Nature and Human ActivitiesSamoe malenkoe v mire okameneloe yayso dinozavra
Samoe malenkoe v mire okameneloe yayso dinozavra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiyada bir guruh tadqiqotchilar dunyoda eng kichkina toshqotgan dinozavr tuxumini topdilar. Uning uzunligi 4,5 santimetr, eni 2 santimetr.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Yaponiyada bir guruh tadqiqotchilar dunyoda eng kichkina toshqotgan dinozavr tuxumini topdilar. Bu haqda Yaponiyaning Sukuba universiteti saytida xabar qildi.

Ostanki dinozavra nashli v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada rostdan ham dinozavr qoldiqlari topilganmi – mutaxassis izohi

Uzunligi 4,5 santimetr va eni 2 santimetr bo‘lgan cho‘zinchoq tuxum Yaponiyaning g‘arbiy qismidagi Xogo prefekturasi Tamba shahri yaqinida mezozoy davri bo‘r davrining qatlamlarida topilgan va uning yoshi taxminan 110 million yil.

Qazish va izlanish ishlari Sukuba universiteti, Xogo prefekturasi tabiat va inson muzeyi va Kanadaning Kalgari universiteti olimlari bilan birgalikda olib borildi. Ular noyob tuxum yirtqich mitti teropodlarga - ulkan tiranozavrlarni o‘z ichiga olgan ikki oyoqda harakatlanuvchi kaltakesak turiga tegishli deb taxmin qilmoqda.

Tadqiqotchilar Tambada tuxumlarning po‘chog‘i va toshqotgan qobiq bo‘laklarining zichligi mitti dinozavrlarining uyalari topildi, deb taxmin qilishmoqda.

Dunyodagi eng kichik mitti dinozavr tuxumining yangi turi Himeoolithus murakamii nomini oldi.

2019 yil yanvar-mart oylarida olib borilgan qazish ishlari davomida olimlar o‘sha hududda 4ta toshqotgan tuxum va 1300 ga yaqin boshqa topilmalarni - tuxum qobig‘i va mayda umurtqali skeletlarni topdilar. Tamba mintaqasida mitti dinozavrlarning ko‘plab turlari bo‘lgan, bugungi kunda ularning tuxumlarining oltita turi qazib olingan va olimlar ularni o‘rganish bo‘yicha ishlar olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0