Dunyoda

Emomali Rahmonga uyushtirilgan suiʼqasd kadrlari eʼlon qilindi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishVizit Emomali Raxmona v institut Vostokovedeniya RAN
Vizit Emomali Raxmona v institut Vostokovedeniya RAN - Sputnik Oʻzbekiston
1997 yil aprel oyida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon suiʼqasdni boshdan kechirdi. Ushbu hodisadan 23 yil oʻtgach, hujumning yangi tasvirlari eʼlon qilindi

TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Tojikiston milliy birdamlik kuni arafasida prezident Imomali Rahmon hayoti haqida noyob videoxronika kadrlari ommaga eʼlon qilindi.

1997 yilgi kadrlarda aprel oyining oxirida, Rahmonga ilk suiʼqasd uyushtirilgan hodisa aks etgan.

Davlat rahbarining Facebookdagi rasmiy sahifasida paydo boʻlgan videoda Rahmonning Soʻgʻd viloyatiga qilgan tashrifi, shuningdek, oʻsha hujumning noyob kadrlari muhrlangan.

Ushbu suiʼqasd 1997 yilning 30 aprel sanasida Tojikiston rahbari mahalliy universitetning 65 yillik yubileyi tantanasida ishtirok etish maqsadida ishchi tashrif bilan Xoʻjandga borganida uyushtirilgan.

Emomali Raxmon v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Emomali Rahmon oʻzini musiqiy kliplarda koʻrishni xohlamaydi

Kadrlarda oliygoh atrofida koʻplab odamlar toʻplangani aks etgan. Aynan shu vaqtda olomon ichida boʻlgan yovuz niyatli kimsa prezident tomonga qarata granatani uloqtirgan.

Terroristik akt oqibatida ikki kishi halok boʻlgan, yana 75 kishi, shu jumladan, Emomali Rahmonning oʻzi ham jarohat olgan.

Videoda granataning portlagan tovushi va davomli oʻq tovushlarini eshitish mumkin. Yaralangan fuqarolarni maydondan nosilkalarda olib ketishmoqda. Prezidentni bino ichiga olib kirishga ulgurishadi, ammo u oyogʻidan jarohat oladi.

Videoda shifokorlar chuqur jarohatga ishlov berayotgani ham aks etgan. Suiʼqasda qaramay, Tojikiston rahbari universitetdagi tantanali marosimda ishtirok etish qarorini qabul qiladi.

"Bu tojik xalqi dushmani qoʻli bilan amalga oshirilgan. Buni amalga oshirgan - millatimiz dushmanidir", - deya izoh bergan edi Tojikiston prezidenti amalga oshirilgan hujumga.

Gumondor. Sud zalida - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Emomali Rahmonga suʼiqasd uyushtirmoqchi boʻlgan terrorchi 8,5 yilga qamaldi

1997 yilgi suiʼqasdning ikki tashkilotchisi hibsga olingan va oʻlim jazosiga mahkum etilgan, yana bir jinoyatchi esa qoʻlga olinish davomida yoʻq qilingan edi.

Avval boshda prezidentni oʻlimdan Yakub Salimov qutqarib qolgani haqida xabar berilgan edi. U prezidentni vaqtida chetga itarib yuborgan va uni oʻz gavdasi bilan pana qilgan. Televideniya orqali chiqishida Rahmon: "Tojiklar, siz oʻz prezidentingizni kim qutqarib qolganini yodda tutishlaringiz lozim, mening farzandlarim va farzandlarimning farzandlari ham buni hamisha yodda tutadilar!", - degan edi.

Soʻngra Salimov xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilish, qurol savdosi, jinoiy guruhlarni tashkil etish va davlat toʻntarishini amalga oshirishga uringanlikda ayblandi. U Bosh prokuratura talabi bilan 2003 yilda Moskvada hibsga olindi va bir yildan soʻng Tojikistonga ekstradatsiya qilindi.

Sud uni 15 yillik qamoq jazosiga hukm etdi.

Yaqinda esa Rahmonni boshqa odam - oʻz harakatini ommaga bildirishni istamagan tan soqchi Murod Saidov qutqarib qolgani haqida versiya ilgari surildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala