O‘zbek o‘g‘lonlari G‘alaba yubiley paradida - eng qiziqarli lahzalar

Obuna bo‘lish
Moskvada Ulug‘ Vatan urushining 75-yilligi sharafiga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tdi. Bu yil ushbu tantanali yurishda 15 mingga yaqin harbiylar, 200dan ziyod harbiy texnikalar ishtirok etdi.

Bu yil parad 24-iyun kuni bo‘lib o‘tdi, axir 1945-yilning aynan shu kunida g‘oliblarning afsonaviy, tarixiy paradi o‘tkazilgan.

Joriy yil mehmonlari – Sobiq Ittifoq mamlakatlari yetakchilari, shuningdek, Rossiya bilan chegaradosh davlatlar rahbarlaridir. Rossiya harbiy qismlari bilan bir qatorda sobiq sovet respublikalari - Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston va O‘zbekiston harbiylari Qizil maydondan saf tortib o‘tdilar.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kirish nutqida butun sovet xalqining natsizm ustidan qozonilgan g‘alabadagi rolini yana bir bir eslatib o‘tdi.

Tantanali marsh Rossiya aviatsiyasining parvozi bilan yakunlandi.

Shundan so‘ng, Vladimir Putin chet ellik mehmonlar bilan birgalikda “Noma’lum askar” qabriga gulchambar qo‘yib, Ulug‘ Vatan urishida halok bo‘lgan askarlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Yangiliklar lentasi
0