Kaliforniyada ham o‘ziga xos G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi

© sosnovoborsk.ruMemorial Sovetskim voinam pogibshim v 1941-1945
Memorial Sovetskim voinam pogibshim v 1941-1945 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Los-Anjelesda ham G‘alabaga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tdi. Uning ishtirokchilari sovet avtomobillarida shahar bo‘ylab o‘tishdi va Sovet askarlari yodgorligiga gul qo‘yishdi.

TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. AQShning quyoshli Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida ham 24-iyun kuni Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan o‘ziga xos G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoq da Mash telegram kanali.

Tadbir Sovet Ittifoqida ishlab chiqilgan avtomobillar ishqibozlari - "SSSR Garage" klubi vakillari tomonidan tashkil qilingan edi. Har bir detali jilolanib nur sochish darajasigacha tozalangan "Niva", "Jiguli" va UAZ avtomobillari Hollivud bulvari va Beverli xillz bo‘ylab saf tortib o‘tishdi. Yo‘nalish so‘ngida parad ishtirokchilari Ikkinchi jahon urushida qurbon bo‘lgan Sovet Ittifoqi jangchilariga bag‘ishlangan yodgorlikka gul qo‘yishdi. 

Dastlab ushbu tadbirni 9-may kuni o‘tkazish rejalashtirilgan edi, lekin pandemiya va AQShdagi tartibsizliklar tufayli keyinga qoldirilgan edi. 

An’anaga ko‘ra, har yili 9-may kuni Los-Anjelesda yashayotgan Ikkinchi jahon urushi veteranlari ushbu yodgorlik yoniga to‘planishadi. Yodgorlik  shaharning rus imigrantlari yashaydigan hududi markazidaga parkda 2005-yilda o‘rnatilgan. Ulkan marmar toshdan yasalgan yodgorlikda turnalar tasviri tushirilgan va Rasul Hamzatovning "Turnalar" she’ridan misra keltirilgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0