Xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning 600 ming dollar haqlari undirib berildi

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishOcheredi migrantov v UFMS
Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Husanovning ta’kidiga ko‘ra, vazirlik qoshida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mavjud bo‘lib, agentlik o‘zbekistonlik migrantlarga har tomonlama ko‘mak berishga mo‘ljallangan

TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. 2019-yil davomida xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning qariyb 600 ming dollar haqlari undirib berildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov bayonot bergan.

Inostrannie grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ko‘p funksiyali migratsiya markazi ochilishi mumkin

Husanovning ta’kidiga ko‘ra, vazirlik qoshida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mavjud bo‘lib, agentlik o‘zbekistonlik migrantlarga har tomonlama ko‘mak berishga mo‘ljallangan.

"Milliy komissiya yig‘ilishida bu masalaga alohida to‘xtalib o‘tildi. 2019-yilda xorijdagi 3,5 mingdan ziyod fuqarolarimizga huquqiy ko‘mak berdik va o‘tgan yili yurtdoshlarimizning qariyb 600 ming dollar haqlarini undirib berishga muvaffaq bo‘ldik", - deya aniqlik kiritadi mehnat vaziri.

Ta’kidlanishicha, agentlikning turli davlatlarda vakolatxonalari ishlab turibdi. Rossiya Federatsiyasida mavjud vakolatxonalardan tashqari yana 6 ta vakolatxona ochish rejalashtirilmoqda. Xorijdan qaytgan yoki bora olmayotgan fuqarolar ushbu agentlik bo‘limlariga murojaat qilib, o‘zlariga mos ish qidirishlari yoki maxsus kurslarda hunar o‘rganishlari mumkin.

Bugungi kunda aholi bandligini ta’minlashda foydalanilayotgan barcha mexanizmlar orqali, bunda birinchi navbatda xorijiy davlatlardan qaytgan yoki keta olmagan fuqarolarimizga amaliy yordam berish ko‘zda tutilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0