Dunyoda

Koronavirusga chalingan Qozogʻiston SSV rahbari vazifasidan ozod qilindi

© Sputnik / Abzal KaliyevMinistr zdravooxraneniya Kazaxstana Yeljan Birtanov"
Ministr zdravooxraneniya Kazaxstana Yeljan Birtanov - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻiston prezidenti mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Yeljan Birtanovni lavozimidan ozod qildi. Vazir 11 kun ilgari koronavirusga chalingan edi.

TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Qozogʻiston prezidentining farmoni bilan mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda Oqoʻrda matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Nursulton Nazarboyev koronavirus yuqtirib oldi

Ushbu lavozimga Aleksey Tsoy tayinlangan.

“Tsoy Aleksey Vladimirovich Qozogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlansin”, - deyilgan farmonda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri Yeljan Biratnov koronavirus yuqtirib olgani va kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Qozogʻistonda 19 285 ta koronavirus holati aniqlangan. 12 048 kishi kasallikni yengishga muvaffaq boʻlgan. 136 ta qurbon qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala