Dunyoda

Kreml Lukashenkoning Rossiya haqidagi tanqidlariga javob qaytardi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin prinyal uchastiye v voyennom parade v oznamenovaniye 75-letiya Pobedы
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v voyennom parade v oznamenovaniye 75-letiya Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston
Aleksandr Lukashenko Rossiya yetakchisi bilan mamlakat saylov jarayonlariga Rossiyadan “qoʻgʻirchoq oʻynatuvchilar”ning taʼsirini muhokama qilishni rejalashtirganligi haqida aytdi.

TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Rossiya Belarus saylov jarayoniga aralashish niyati yoʻq, deb aytdi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gʻalaba paradida, 24.06.20.  - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Oliy martabali mehmonlar va harbiylar Gʻalaba paradida - eng yorqin suratlar

U Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko “yaqin vaqtlarda” Vladimir Putin bilan mamlakat saylov jarayonlariga Rossiyadan “qoʻgʻirchoq oʻynatuvchilar”ning taʼsirini muhokama qilishni rejalashtirgani haqida aytgan bayonoti yuzasidan munosabat bildirdi.

“Bu yerda biz aniq javob berishimiz mumkinki, Rossiya Federatsiyasi hech qachon hech kimning, ayniqsa ittifoqdoshimiz Belarusda oʻtkazilayotgan saylov jarayonlariga aralashmagan, aralashmayapti va aralashmaydi”, - dedi Peskov.

Uning soʻzlariga koʻra, Minsk Moskvaning saylovlarga aralashgani borasida biron bir dalil keltirmadi. "Bunday ayblovlar haqiqatga qanday mos kelishi" haqida oʻylashga majbur qiladi.

Peskov taʼkidlashicha, Putin Gʻalaba paradiga Moskvaga kelgan Lukashenko bilan qisqa suhbatlashish imkoniyatiga ega boʻlishgan.

Ikki yetakchi "muloqotni davom ettirishadi, tez-tez va mazmunli muloqot qilishadi", deb qoʻshimcha qildi Kreml vakili.

Shuningdek, u Lukashenko Rossiya haqida "juda koʻp yaxshi bayonotlar" aytganligini eslatdi.

9 avgust kuni Belarusda prezident saylovlari boʻlib oʻtadi, Lukashenko oltinchi muddatga saylanmoqda. U "baʼzi kuchlar kuchaygani, mamlakatdagi vaziyatni oʻynatishga uchun faolikni boshlamoqda" va vaziyatni demokratik va kuch bilan hal etish tanlovi oldiga qoʻymaslikni soʻragan.

Shu bilan birga, Lukashenko hukumat mamlakatni beqarorlashtirishga qaratilgan keng koʻlamli rejani buzishga muvaffaq boʻlishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala