Iqtisod

OTB Oʻzbekistonga 500 mln $ imtiyozli kredit ajratishni maʼqulladi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishMujchina pereschitыvayet dollarы SSHA, foto iz arxiva
Mujchina pereschitыvayet dollarы SSHA, foto iz arxiva - Sputnik Oʻzbekiston
Mablagʻ pandemiya davrida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashi hamda aholini samarali ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.

TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) direktorlar Kengashi byudjetni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekistonga 500 mln dollar miqdorida moliyaviy mablagʻ ajratishni maʼqulladi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qilmoqda.

Ajratilgan moliyaviy mablagʻ pandemiya davrida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashi hamda aholini samarali ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.

Kupyurы amerikanskix dollarov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston pandemiya tufayli OTBdan 1 mlrd dollargacha mablagʻ soʻradi

Bu mablagʻlardan sunʼiy nafas oldirish apparatlari, test tizimlari, shaxsiy himoya vositalarini sotib olish hamda sogʻliqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarga alohida ijtimoiy paketlar berish uchun ham foydalaniladi.

Ushbu moliyaviy yordam mintaqaviy texnik yordam doirasida OTB tomonidan Oʻzbekiston hukumatiga ilgari taqdim etilgan 1 555 900 dollar miqdoridagi grant mablagʻlariga qoʻshimcha koʻmak hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni ajratish toʻgʻrisidagi kelishuvga haqda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov hamda OTB prezidenti Masatsugu Asakava oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralarda erishilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala