Iqtisod

Pandemiya tufayli Markaziy Osiyoning 2,6 mln fuqarosi qashshoqlikka yuz tutishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishZelenыy rыnok v Dushanbe
Zelenыy rыnok v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Markaziy Osiyoda Jahon bankining qashshoqlik va tenglik masalalari boʻyicha iqtisodchisi Uilyam Zeytts pandemiya tufayli Markaziy Osiyoning 2,6 mln fuqarosi qashshoqlikka yuz tutishi mumkin degan fikrni bildirdi.

TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Markaziy Osiyoning 2,6 millionga yaqin aholisi COVID-19 pandemiyasi tufayli qashshoqlik yoqasiga kelib qolishi mumkin.

Ushbu fikrni Markaziy Osiyoda Jahon bankining qashshoqlik va tenglik masalalari boʻyicha iqtisodchisi Uilyam Zeytts bildirdi.

Uning soʻzlariga koʻra, pandemiya oqibatlari avval boshida bashorat qilinganga qaraganda juda jiddiyroq ekan va vaziyat tez oʻzgarmoqda. Haddan tashqari qashshoqlik Markaziy Osiyoda keng tarqalmagan. Past-oʻrta daromadli mamlakatlarda kuniga odam 3,2 dollar daromad topadi.

“Bunga koʻra, Markaziy Osiyoda taxminan 1,4 million kishi bu yil pandemiya sabab qashshoqlikka yuz tutishi kutilmoqda”, - dedi Zeytts.

Puteshestvenniki v ocheredi vozle jeleznodorojnoy stantsii Xankou, Kitay - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Koronavirus yarim milliard odamni qashshoqqa aylantirishi mumkin

Shuningdek, iqtisodchi Jahon banki yuqori-oʻrta daromadli mamlakatlar, masalan, Qogʻogʻiston iqtisodiyotini tahlil qilish uchun foydalanadigan boshqa usul borligini taʼkidladi.

“Agar biz ushbu boshlanish bosqichidan (kuniga 5,5 dollar daromad topish) foydalansak, 2,6 million kishi qashshoqlik yoqasiga kelib qolishi mumkinligi kutilmoqda”, - dedi u.

Shu bilan birga, tahlilchi vaziyat oʻzgarishi mumkinligini maʼlum qildi, demak, baholar ham yangilanadi.

“Oʻzbekistonda ommabop veb-saytda oʻtgan yilga qaraganda boʻsh ish oʻrinlari soni barcha turdagi ishlar boʻyicha taxminan 75 foizga, muayyan sohalarda hatto 90 foizgacha qisqardi. Muqobil vaziyat Tojikistonda ham. Xuddi shunday vaziyat Qozogʻistonda ham kuzatilmoqda”, - deya taʼkidladi Zeytts.

Bundan tashqari, MO mamlakatlari fuqarolarining daromadlari pasayishiga chegaralar yopiqligi taʼsir koʻrsatadi. Mehnat migratsiyasi va pul oʻtkazmalari hajmining pasayishi shu sabablardan biri.

Yangiliklar lentasi
0