Rossiya FXX G‘alaba paradida uyushtirilishi mumkin bo‘lgan fitnaning oldini oldi

© Sputnik / Eduard Molchanov / Mediabankka o‘tishVoyenniy parad v gorodax Rossii v oznamenovanie 75-letiya Pobedi
Voyenniy parad v gorodax Rossii v oznamenovanie 75-letiya Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FXX xodimlari G‘alaba paradidan bir necha daqiqa oldin muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan askarni asosiy tarkibdan chiqarishga qaror qildi.

TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Rossiya FXXsining Kontrrazvedka bo‘linmasi kecha Moskvadagi G‘alaba Paradida uyushtirilishi kerak bo‘lgan jiddiy provokatsiyani oldini oldi, deb xabar qilmoqda 112 telegram kanali.

FXX xodimlari eng so‘nggi damda muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan askarni Qizil maydondan o‘tishi kerak bo‘lgan asosiy tarkib safidan chiqarishga qaror qilishdi. 

61899  raqamli harbiy qismda xizmat qiluvchi E. Nikita ismli askar aynan qanday provokatsiya uyushtirishni rejalashtirgani ma’lum emas, lekin asosiy tarkib safidan chiqarilganini eshitgach askar, FXX xodimlarini yomon ko‘rishini aytib baqirgan va miltiq g‘ilofi bilan Federal qo‘riqlash bo‘linmasi avtomobili oynasini urib sindirgan. 

Huquqni saqlash organlarining keyingi savollariga javob berishdan bosh tortgan. Ayni damda u hibsga olingan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0