Dunyoda

Yaponiya AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirishdan voz kechdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishVstrecha glav MID i Minoboronы Rossii i Yaponii
Vstrecha glav MID i Minoboronы Rossii i Yaponii - Sputnik Oʻzbekiston
Yaponiya hukumati oʻz hududida amerikaning ikkita yer ustida joylashuvchi Aegis Ashore majmuasini oʻrnatish haqidagi qarorni 2017 yilda, Shimoliy Koreya uchirgan raketalar koʻplab marotaba mamlakat ustidan uchib oʻtganida, qabul qilgan edi.

TOSHKENT, 25 iyun - Sputnik. Yaponiya AQShning yer ustida joylashuvchi Aegis Ashore - raketaga qarshi mudofaa majmualarini joylashtirish rejasidan voz kechdi, deb xabar berdi Kiodo agentligi mudofaa vaziri Taro Konoga tayangan holda.

Kunashir - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yaponiya TIV Janubiy Kuril tegishliligi haqidagi tushunchani qaytardi

Sal oldin narxi, joylashtirish muddatlari va qator texnik muammolar tufayli Aegis Ashoredan voz kechish niyati haqida xabar berilgan edi.

Yaponiya hukumati oʻz hududida amerikaning ikkita yer ustida joylashuvchi Aegis Ashore majmuasini oʻrnatish haqidagi qarorni 2017 yilda, Shimoliy Koreya uchirgan raketalar koʻplab marotaba mamlakat ustidan uchib oʻtganida, qabul qilgan edi.

Bu majmualarni mamlakat shimoli-gʻarbidagi Akita va janubi-gʻarbidagi Yamaguti prefekturasida joylashtirish rejalashtirilgandi. Ushbu majmua shunday joylashuvdagina butun Yaponiyani mudofaa qilishi aytilgandi.

Kuril orollari masalasida Oʻzbekiston pozitsiyasi qanday? >>>

Har bir uskuna bahosi 100 milliard iyena (taxminan 890 million dollar)ga baholangan, un 2023 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Rossiya Yaponiyaning bunday rejalari mintaqadagi strategik stabillik muhitini yaxshilamasligini va Tokio bilan tinchlik shartnomasi masalalari boʻyicha muzokaralar olib borilganda, inobatga olinmay qolmasligi haqida bir necha bor taʼkidlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala