Yaponiya AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirishdan voz kechdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishVstrecha glav MID i Minoboroni Rossii i Yaponii
Vstrecha glav MID i Minoboroni Rossii i Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiya hukumati o‘z hududida amerikaning ikkita yer ustida joylashuvchi Aegis Ashore majmuasini o‘rnatish haqidagi qarorni 2017-yilda, Shimoliy Koreya uchirgan raketalar ko‘plab marotaba mamlakat ustidan uchib o‘tganida, qabul qilgan edi.

TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Yaponiya AQShning er ustida joylashuvchi Aegis Ashore - raketaga qarshi mudofaa majmualarini joylashtirish rejasidan voz kechdi, deb xabar berdi Kiodo agentligi mudofaa vaziri Taro Konoga tayangan holda.

Kunashir - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya TIV Janubiy Kuril tegishliligi haqidagi tushunchani qaytardi

Sal oldin narxi, joylashtirish muddatlari va qator texnik muammolar tufayli Aegis Ashoredan voz kechish niyati haqida xabar berilgan edi.

Yaponiya hukumati o‘z hududida amerikaning ikkita yer ustida joylashuvchi Aegis Ashore majmuasini o‘rnatish haqidagi qarorni 2017-yilda, Shimoliy Koreya uchirgan raketalar ko‘plab marotaba mamlakat ustidan uchib o‘tganida, qabul qilgan edi.

Bu majmualarni mamlakat shimoli-g‘arbidagi Akita va janubi-g‘arbidagi Yamaguti prefekturasida joylashtirish rejalashtirilgandi. Ushbu majmua shunday joylashuvdagina butun Yaponiyani mudofaa qilishi aytilgandi.

Kuril orollari masalasida O‘zbekiston pozitsiyasi qanday? >>>

Har bir uskuna bahosi 100 milliard iyena (taxminan 890 million dollar)ga baholangan, un 2023-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Rossiya Yaponiyaning bunday rejalari mintaqadagi strategik stabillik muhitini yaxshilamasligini va Tokio bilan tinchlik shartnomasi masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borilganda, inobatga olinmay qolmasligi haqida bir necha bor ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0