Kaliningradlik "Zolushka" hikoyasi - video

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishV Kaliningrade nagradili devushku, ne pokinuvshuyu stroy na parade iz-za sletevshey tufli
V Kaliningrade nagradili devushku, ne pokinuvshuyu stroy na parade iz-za sletevshey tufli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kalingradda G‘alaba paradi vaqtida tuflisi tushib qolishiga qaramasdan qatorni buzmay qadam tashlashda davom etgan harbiy ayolni munosib taqdirlashdi.

TOShKENT, 26-iyun - Sputnik. Kalingradda 24-iyun kuni G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan parad vaqtida kutilmagan hodisa sodir bo‘ldi.

Paradda ishtirok etayotgan harbiy feldsher Kseniya Kalchinskayaning oyog‘idan tuflisi  tasodifan tushib qoladi. Lekin harbiy ayol go‘yoki hech narsa bo‘lmaganday barcha bilan bir xil shaxdam qadam tashlashda davom etadi. Kseniya shu tariqa 300 metr masofani bosib o‘tadi.  

Paradni kuzatib turgan minglab tomoshabinlar ham hech narsa sezmay qolishadi. Voqeaga birinchi bo‘lib internet foydalanuvchilari e’tibor berishadi. Ular qatorda ketayotgan qizlarning birining oyog‘ida tuflisi yo‘qligini payqab qolishadi va shu zahotiyoq unga Zolushka deb nom berishadi.

Voqeadan xabar topgan Boltiq floti qo‘mondonligi Kseniyaning ushbu jasoratini munosib baholab, unga faxriy yorliq toopshirishdi. Bir necha OAVlar ushbu voqea haqida reportaj tayyorlashdi.

Yangiliklar lentasi
0