Mirziyoyev Pop tumanidagi meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoshnogo klastera
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoshnogo klastera - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Pop tumanidagi “Nuran uz” meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi.

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi Pop tumanidan boshlandi. Davlat rahbari dastlab bu yerda barpo etilgan “Nuran uz” meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati. 

Pop Namangan viloyatining hududi jihatidan eng katta tumani. Prezidentning foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xo‘jalik yerlarini oborotga qaytarish to‘g‘risidagi tegishli qaroriga muvofiq, tumandagi unumsiz toshloq yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoshnogo klastera
Mirziyoyev Pop tumanidagi meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoshnogo klastera

Dasturga asosan “Nuran uz” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan Pop tumanidagi adirliklardan iborat 1 ming 885 gektar o‘zlashtirilmagan yerda meva-sabzavotchilik klasteri tashkil etildi. Joriy yilning bahorida 100 gektarga o‘rik, 70 gektarga gilos ko‘chatlari ekildi, 12 gektar yerda uzumzor barpo etildi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoshnogo klastera
Mirziyoyev Pop tumanidagi meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoshnogo klastera

Ispaniyadan keltirilgan “Magador”, “Maryblon 29c”, “Flopria” navli o‘rik ko‘chatlari hosildor bo‘lib, ikki oyligidayoq nishona ko‘rsatdi. Bu bog‘ kelasi yildan to‘liq hosilga kiradi va gektaridan 70 tonnagacha meva beradi. Bu gektariga 50 ming dollarlik meva eksport qilish mumkin degani.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoshnogo klastera
Mirziyoyev Pop tumanidagi meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoshnogo klastera

Klaster egalari shu bilan cheklanib qolmasdan, bog‘ qator oralariga qovun, tarvuz ekdi. Ayni kunlarda g‘arq pishgan shirin-shakar tarvuz-qovunlar Rossiya va boshqa bozorlarga eksport qilinmoqda.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoshnogo klastera
Mirziyoyev Pop tumanidagi meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoshnogo klastera

Qirq yillar mobaynida samarasiz yotgan yerlarda intensiv bog‘ yaratishga innovatsion asosda yondashilgan, suvni tejaydigan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan. Ushbu mexanizmni klasterning o‘zi yaratgan bo‘lib, bu 50 foiz mablag‘ni tejash imkonini bergan. Buning uchun 180 metr chuqurlikdan suv chiqariladigan 4 ta quduq qazilgan, tortib olingan suv shu yerdagi hovuzda to‘planadi. To‘liq kompyuterlashtirilgan tizim chanqagan yerlarga avtomatik tarzda suvni yuboradi. Ya’ni, hamma ish inson omilisiz, kompyuter orqali boshqariladi.

Bu – ikki bosqichli loyihaning dastlabkisi bo‘lib, 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan keyingi bosqichda yana 1 ming 455 gektar yer o‘zlashtiriladi.

Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, 350 ta ish o‘rni yaratiladi, yiliga 10 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinadi.

Davlat rahbari bog‘ni ko‘zdan kechirdi, shu yerda nuroniylar, qishloq xo‘jalik xodimlari bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev na trape samolyota - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi

Namangan viloyatida tumanlarni muayan qishloq xo‘jalik ekinlariga ixtisoslashtirish, jumladan, Kosonsoy, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on tumanlarini bog‘dorchilikka yo‘naltirish lozimligi qayd etildi.

“Boshqa yo‘limiz yo‘q. Yerimiz jannat, bundan foydalanib, Namanganni boshqa hududlarga namuna qilishimiz kerak, odamlarni uyg‘otishimiz lozim. Yilma-yil foydalanish sharti bilan yerini, urug‘ini, ko‘chatini, mablag‘ini beramiz, qolgan harakat odamlarning o‘zidan bo‘lishi kerak. Shunday qilmasak ertaga natijamiz bo‘lmaydi,” - dedi prezident.

Shu yerda Namangan viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga oid loyihalar, istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Davlat rahbari qishloq xo‘jaligiga bunday yangicha yondashuv O‘zbekistonning yangi qirralarini, yangi imkoniyatlarini amalda namoyon etadigan tizim bo‘lishi darkorligini ta’kidladi.

Mutasaddilarga tumanlarni muayan ekin turlariga ixtisoslashtirish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish, bunda har bir hududning iqlimi, imkoniyatlarini hisobga olish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0