Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: 26 iyun asosiy xabarlari

© Sputnik / Kirill Braga / Fotobankka oʻtishSotrudnitsa tsentralnoy rayonnoy bolnitsы
Sotrudnitsa tsentralnoy rayonnoy bolnitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Bugunning oʻzida 36 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 4 913 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 26 iyun — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Prilyot turistov  - Sputnik Oʻzbekiston
Transport vazirligi aviachiptalar xarid qilishga shoshilmaslikka chaqirmoqda

Bir sutka davomida 143 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 7320 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 20 nafari Toshkent shahrida (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 2 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) qayd etilgan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 36 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sogʻayganlar soni 4913 nafar.

Otkrыtiye plyajey v Los-Andjelese - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQShda rasman koronavirusning ikkinchi toʻlqini boshlandi

Ayni paytda 2407 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Aviachiptalar xarid qilishga shoshilmang

Trasport vazirligi Oʻzbekiston fuqarolarini rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ishonib  aviachiptalarni sotib olmaslikka chaqirmoqda.

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida ayrim xorijiy aviakompaniyalar joriy yilning 1 iyul sanasidan eʼtiboran Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni qayta tiklashi va shu munosabat bilan avia chiptalar sotuvi boshlangani toʻgʻrisidagi xabarlar tarqalmoqda.

Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi hamda Oʻzbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 14 iyundagi qoʻshma yigʻilishi bayoniga muvofiq, respublika hududida kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati joriy yilning 1 avgustiga qadar saqlanib qolishi belgilangan.

Qozogʻistondan Oʻzbekistonga

Qozogʻiston Oʻzbekiston va Tojikiston bilan aviatashuvni qayta tiklamoqda. Qozogʻiston muntazam xalqaro reyslarni tiklaydigan birinchi va ikkinchi toifadagi mamlakatlar roʻyxati kengaytirildi. Ikkinchi kategoriya mamlakatlarga Misr, Ukraina, Polsha, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston kiritildi.

V stolitse Turkmenistana otkrыli monument velosipedu - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkmanistonda nega koronavirus yoʻq - BMT versiyasi

Futbol

Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrugʻiga muvofiq shu yil 20 iyuldan boshlab "yashil" hududlarda sport musobaqalari boshlanadi. Barcha viloyatlarning "yashil" hududlarida futbol assotsiatsiyasi, hokimliklar, sogʻliqni saqlash va ichki ishlar boʻlimlari bilan kelishgan holda mahalla yoshlari oʻrtasida futbol boʻyicha "Mahallada futbol", "Futbolimiz kelajagi" sport musobaqalarini tashkil etishlari mumkin.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatiga yetib bordi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 9,6 milliondan oshdi, 490 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (2,4 mln), Braziliyada (1,2 mln), Rossiyada (613 ming).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala