Analitika

Gʻarb tarixni bosqichma-bosqich qayta koʻchirmoqda va u buning uddasidan chiqmoqda

© REUTERS / Joshua RobertsProtestuyuщiye vo vremya popыtki snesti pamyatnik prezidentu SSHA Endryu Djeksonu v Vashingtone
Protestuyuщiye vo vremya popыtki snesti pamyatnik prezidentu SSHA Endryu Djeksonu v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Xalqimizning natsizm ustidan erishgan Buyuk Gʻalabasi xotirasini saqlab qolmasak biz nafaqat tariximizni, balkim kelajagimizni ham yoʻqotamiz.

Qoʻshma Shtatlarda yodgorliklar agʻdarilish epidemiyasini koʻplab tadqiqotchilar “tarixni ommaviy qayta yozish” deb atashadi. Ammo barchamiz yaxshi tushunamiz: oʻtmishning bronza guvohlari bilan ochiqchasiga kurashayotgan faollar, umuman hech narsa yozmaydilar, deb yozadi RIA Novosti kolumnisti Vladimir Kornilov.

Protestы v Minneapolise - Sputnik Oʻzbekiston
Video
AQSH qanday qilib tartibsizliklar girdobida qoldi – video

Ular tarixan ancha uzoq boʻlgani uchun bu ishlarni qilmoqda. Aks holda, amerikalik “xunveybin”lar yozuvchi Migel Servantesning haykalini qulatishini qanday tushunish mumkin. Uni ham navbatdagi konkistador deb qabul qilishganmi?

Yoki mantiqiy nuqtai nazardan Demokratik partiyaning asoschilaridan biri boʻlgan Endryu Jeksonning chiroyli haykali asosan ushbu partiyadan nomzod uchun ovoz bermoqchi boʻlgan odamlar tomonidan agʻdarishga urinishni mantiqiy izohlash mumkinmi?

Tarixni qayta yozish bilan ijrochilar emas, ushbu tartibsizliklarni maʼnaviy qoʻllab-quvvatlaydiganlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Tan olish kerakki, ular buning uddasidan chiqishmoqda.

Amerika tarixiy dushmanlarni yoʻq qiladi

Yaqinda Sputnik tomonidan Frantsiyaning taniqli IFop sotsiologik kompaniyasi yordamida oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, amerikaliklarning tarixga bunday nigilistik munosabati nafaqat oʻtgan asr voqealariga tegishli. Masalan, amerikaliklarning 11 % Ikkinchi Jahon urushida AQSH Rossiyaga qarshi kurashganiga ishonishadi. Shuningdek, 8 may - Yevropada Gʻalaba kuni ekanini - amerikaliklarning uchdan bir qismining xabari bor.

Agar biz ushbu tadqiqotni yanada chuqurroq oʻrgansak, amerikalik yoshlar orasida (yodgorliklarga qarshi  kurashayotgan olomonning aksariyati yoshlar), tarixni bilish darajasi oldingi avlodga nisbatan juda past darajada ekanligi maʼlum boʻladi. Xullas, Amerikada 18 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan yoshlarning 21% Ikkinchi Jahon urushida AQSH Rossiyaga qarshi kurashganiga ishonadi va 13% hatto Xitoyga qarshi kurashga deb hisoblaydi. 65 yoshdan katta yosh amerikaliklar orasida esa bundaylar sezilarli darajada kam.

Vodrujeniye znamen Krasnoy armii nad Reyxstagom dostupno v formate VR-rekonstruktsii   - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Har oʻninchi amerikalik Ikkinchi Jahon urushida AQSH Rossiyaga qarshi urush qilgan deb hisoblaydi

Bu shuni anglatadiki, keksalar boshqa dunyoga ketib, Amerika hozirgi yoshlar qoʻlida qolsa, ular ittifoqchilari bilan birgalikda (Ittifoqchi deganda Oq uy faqat Buyuk Britaniyani nazarda tutgan) Moskva va Pekinni egallab olganiga ishonadi.  Muxolifat fikri, shubhasiz, shtatlardagi aksil-rus va xitoyga qarshi kampaniyalarning rivojlanishiga, shuningdek, Gollivud koʻproq  kimni "asosiy dushman" sifatida koʻrsatishiga ham bogʻliq, albatta.

Ikkinchisi, nafaqat AQSH yoshlariga tegishli. Klassik misol – bu natsizmni yengishda kim koʻproq hissa qoʻshganini koʻrsatuvchi soʻrov natijalaridir. 1945 yilda mutlaq koʻpchilik (57%) SSSRni va atigi 20% AQShni koʻrsatgan, chunki oʻsha paytda yevropaliklar hamma narsani oʻz koʻzlari bilan koʻrishgan. Yuqorida aytib oʻtilgan IFop tomonidan 2015 yilda oʻtkazilgan soʻrov shuni koʻrsatdiki, 70 yil ichida bu fikr tubdan oʻzgargan: hozir frantsuzlarning 54 % Amerikani asosiy gʻolib va faqat 23% Sovet Ittifoqi deb bilishadi. Bu yerda ham tendentsiya aniq koʻrinib turibdi: tomoshabinlar qanchalik yosh boʻlsa, u amerikaliklarning Gʻalabaga qoʻshgan hissasini shunchalki yuqori baholaydi. Baʼzi yosh frantsuzlar hatto Parijdagi kinoteatrda Bred Pitt Gitler va uning xizmatkorlarini yoʻq qildi, deb ishonch bilan aytishadi.

Maqsad – Rossiyani kuchsizlantirish va hatto yoʻq qilish

Jarayon bugunga qadar davom etmoqda. Britaniyaning YouGov sotsiologik xizmati oʻtkazgan soʻrovga koʻra, Sovet Ittifoqini natsizm ustidan erishilgan gʻalabaning asosiy yetakchisi deb hisoblaydigan yoshlar soni sezilarli darajada kamaymoqda.

Flag Germanii na zdanii Reyxstaga v Berline - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Nega Germaniya Sharqiy Yevropa revizionizmiga qarshi chiqdi

Xususan 2015 va 2020 yillarda Gʻalabaning 70 va 75 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan soʻrovda aksariyat Gʻarb mamlakatlarida Sovet Ittifoqi natsizmni yenggan asosiy kuch deb hisoblaydiganlar soni sezilarli darajada kamayib kelmoqda. Bu borada tushunarli sabablarga koʻra nemislar eng yaxshi “xotiraga” ega. Lekin 2015 yilda Germaniya aholisining 37% fashizmni  yengishda asosiy rolni AQSH oʻynagan va 27 % - SSSR deb hisoblagan boʻlsa 2020 yilga kelib ushbu koʻrsatgichlar 43% va 21% ga yetgan.

Mana shuni omma ongida Ikkinchi jahon urushi tarixini bosqichma-bosqich qayta koʻchirish deb atash mumkin. Bu amaliyotning naqadar xavfli ekaniga Vladimir Putin ham oʻzining yaqinda chop etilgan maqolasida aytib oʻtdi.

“Biz hozir Gʻarb mamlakatlarida kuzatayotgan, avvalombor Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari mavzusidagi tarixiy revizionizm - 1945 yilda Yalta va San-Frantsisko konferentsiyalarida asos solingan insoniyatning tinch rivojlanish asoslarini surbetlarcha buzmoqda”, - deyilgan maqolada.

Oxirgi yillarda Rossiyaga qarshi propaganda qurolini konveyer tartibida ishga tushirgan kuchlarning bunga reaktsiyasi kutilganidek boʻldi. Prezidentning aniq va tushunarli qilib aytilgan, tarixni qayta koʻchirishni bas qiling degan soʻzlariga CNN “Putin Ikkinchi Jahon urushi tarixini qayta koʻchirmoqda” degan maqola bilan chiqdi.

Planetaning eng bosh rusofoblari 10taligiga kiradigan, britaniyalik kolumnit Edvard Lukas ham xuddi shunday mavzudagi maqola bilan chiqdi. The Times va CEPA nashrlarida u “Putin tarix revizionchisi” degan tezislar bilan chiqdi. Vaholanki Rossiya prezidenti Revizionchilik xavfli ekanini aytib undan voz kechishga chaqirgan edi. Yuqoridagi soʻrov natijalari – aslida tarixni kim va qaysi yoʻnalishda qayta koʻchirayotganidan yaqqol darak berib turibdi.

Prezident RF V. Putin na voyennom parade v chest 74-y godovщinы Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Unutilgan oʻtmish saboqlari va uning ogʻir toʻlovi — Putin maqolasi

Gʻarb kremlenologlarining bunday javobini tushunish mumkin. Ularning vazifasi Rossiyaga qarshi barcha frontlarda (mafkuraviy, siyosiy va tarixiy) urush olib borishdir. Buning uchun oʻtgan yil CEPA markazi  tahlilchisi Yanush Bugayskiy Vashingtonga Rossiyani qanday boʻlib olish kerakligi borasida bergan maslahatlarini esga olish kifoya.

Aynan ana shunday kishilar va institutlar uchun oxirgi yillarda yuz berayotgan tendentsiyalarni saqlab qolish, tarixni qayta koʻchirishda davom etish, qorani oq deyish va urushda yengilganlarni gʻoliblarga tenglashtirish va tarixni aslida saqlab qolishga chaqiriqni “revizionizm” deb atash – muhim vazifadir. Bunday kampaniyalarning oxirgi maqsadi – Rossiyani kuchsizlantirish va hatto yoʻq qilishdir. Aynan shu sababli har qanday darajada tarixiy haqiqat uchun, xalqimizning natsizm ustidan erishgan Buyuk Gʻalabasi xotirasini saqlab qolish uchun har qadamda kurashish kerak. Shunday qilmasak biz nafaqat tariximizni, balkim kelajagimizni ham yoʻqotamiz.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala