Siyosat

Rossiya harbiy razvedkasi Afgʻonistondagi buyurtma qotilliklarda ayblanmoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishZdaniye Ministerstva inostrannыx del RF na Smolenskoy-Sennoy ploщadi v Moskve
Zdaniye Ministerstva inostrannыx del RF na Smolenskoy-Sennoy ploщadi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi RFning Afgʻonistondagi buyurtma qotilliklarda aloqadorligiga doir mish-mishlarga javob berdi

TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Rossiya TIV amerika harbiylari buyurtma qotilligida rus harbiy razvedkasining aloqadorligi toʻgʻrisidagi mish-mishlarni feyk deya atadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Chlenы terroristicheskogo dvijeniya Taliban v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Pentagonning "Tolibon" bilan "birodarligi" qanday yakun topadi

Xususan, diplomatik idora xuddi shunday ayblovlar ilgari surilgan New York Timesdagi maqolaga quyidagicha izoh berdi.

"Oʻta oddiy bu mish-mishlar - biron haqiqatga yaqin narsa oʻrniga, shunday safsatani oʻylab topishga majbur boʻlgan amerika razvedkasi propagandistlarining past aqliy salohiyatini yaqqol namoyon etmoqda <…> Afgʻonistondagi yigirma yillik urushda katta muvaffaqiyatsizlikka duch kelgan razvedkadan yana nimani kutish mumkin edi", - deya javob berdi jurnalistlarga TIV vakillari.

Diplomatlar, hech kimga sir boʻlmagan boshqa sabablarni: masalan, amerika razvedkasining narkotrafikka aloqadorligi, amerika soliq toʻlovchilari pulidan transport karvonlari oʻtishi uchun jangarilarga toʻlanadigan toʻlovlar, turli loyihalarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan shartnomalar uchun beriladigan poralar haqida ham eslatib oʻtdilar. "Shunga xohish boʻlsa, ular amalga oshiradigan kirdikorlar roʻyxatini yana davom ettirish mumkin. Bu ular uchun juda nooʻngʻay boʻladi", - deya qoʻshimcha qilishdi ular.

AQShning toliblar bilan kelishuvi Afgʻonistonga tinchlik olib keladimi? >>>

"Ehtimol amerika razvedkachilariga biz va ularning diplomatlari birgalikda Qobul va toliblar oʻrtasida tinchlik muzokaralarini ishga tushirishga yordam berayotganimiz yoqmayotgandir?! Ularni tushunish mumkin — yuqorida sanab oʻtilgan "qingʻir" daromadlar manbalaridan mosuvo boʻlishni istashmaydi", — deya xulosa qilishdi TIV vakillari.

Gossekretar SSHA Mayk Pompeo (na foto sleva) 23 marta pribыl s neobʼyavlennыm vizitom v stolitsu Afganistana dlya vstrech s prezidentom Afganistana Ashrafom Gani i yego politicheskim konkurentom Abdulloy Abdulloy (na foto sprava) - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Afgʻoniston tupigi: AQSH bir-biriga dushman tomonlarni yarashtirishga urinmoqda

Iyun oyi boshida AQSH kongressida respublikachilar fraktsiyasi tomonidan eʼlon qilingan dokladda, Rossiya boshqa koʻplab qoralovlar qatorida "Tolibon"ga homiylik qilishda ayblangan edi. Shu tufayli Moskvaga qarshi sanktsiyalarni yanada kuchaytirish lozim, deya taʼkidlard Respublikachilar.

Rossiya bu singari ayblovlarni koʻp bor inkor qilgan.

AQSH "Tolibon"ga qarshi harbiy operatsiyani 2001 yilda boshlagan. Bu operatsiyaning boshlanishiga Vashington toliblar 11 sentyabrda teraktlarni amalga oshirgan "Al-Qoida" uyushmasi jangarilarini yashirganliklarini vaj sifatida koʻrsatgan edi.

"Tolibon" Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishda Oʻzbekiston harakatlarini alohida eʼtirof etdi >>>

Toliblar hukumati agʻdarildi, hokimiyat tepasiga AQShga sodiq boʻlgan siyosatchilar keldi va "Tolibon"ga qarshi kurashga kirishdi.

Joriy yil fevral oyida AQSH va "Tolibon" 18 yil deganda birinchi marta tinchlik toʻgʻrisida bitim imzoladi. Shartnoma Afgʻonistonda 14 oy ichida chet el qoʻshinlarini chiqarishni (toliblarning eng muhim talablaridan biri) va oʻzaro asir almashuvidan soʻng afgʻonlararo muloqot boshlanishini koʻzda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala