Oʻzbekiston kimyoviy qurolni taqiqlash toʻgʻrisidagi Jeneva protokoliga qoʻshildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishPloщadka otkrыtogo xraneniya obojjennыx boyepripasov s otravlyayuщimi veщestvami dlya posleduyuщey utilizatsii
Ploщadka otkrыtogo xraneniya obojjennыx boyepripasov s otravlyayuщimi veщestvami dlya posleduyuщey utilizatsii - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan may oyida qabul qilingan va oʻtgan haftada Senat tomonidan maʼqullangan.

TOSHKENT, 27 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1925 yilda qabul qilingan "Boʻgʻuvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qoʻllanilishini taqiqlash toʻgʻrisida"gi Jeneva protokoliga qoʻshilish haqidagi qonunni imzoladi.

Provedeniye analizov v bioximicheskoy laboratorii - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Vozrojdeniya orolining biokimyoviy sirlari

Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan may oyida qabul qilingan va oʻtgan haftada Senat tomonidan maʼqullangan.

Protokol 1972 yilning 10 aprel kuni Moskva, London va Vashington shaharlarida imzolangan bakteriologik (biologik) va toksik qurollar zaxirasini yigʻish, ishlab chiqish va ishlab chiqarishni taqiqlash va ularni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi Konventsiya talablarini mustahkamlovchi hamda toʻldiruvchi hujjat hisoblanadi.

Bugungi kunda mazkur Jeneva protokoliga dunyoning 142 ta davlati, MDH mamlakatlaridan Armaniston, Moldaviya, Rossiya, Tojikiston, Ukraina hamda Qirgʻiziston qoʻshilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala