Poytaxt va Toshkent viloyatida aholi orasida koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishObrabotka antisepticheskim rastvorom skameyki
Obrabotka antisepticheskim rastvorom skameyki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 7725 taga yetdi. Davolanayotganlarning 19 nafari og‘ir, 6 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda tun davomida yana 43 ta yangi holat aniqlandi. Jumladan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan.

“2020 yil 28-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7725 (+43) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Testirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 7,5 mingdan oshdi

Yangi kasallanganlarning 30 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent shahrida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Shu kunga qadar 5240 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2465 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0