Rossiya

Rossiya koronavirusga qarshi vaktsinani jahon bozoriga yetkazib berishga tayyor

© Sputnik / Denis Abramov / Fotobankka oʻtishTestirovaniye na antitela k koronavirusu
Testirovaniye na antitela k koronavirusu - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri mamlakat COVID-19ga qarshi vaktsina va test tizimlarni jahon bozoriga yetkazib berishga tayyorligini maʼlum qildi

TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko mamlakat COVID-19ga qarshi vaktsina va test tizimlarni jahon bozoriga yetkazib berishga tayyorligini maʼlum qildi. Bu haqda u “Global maqsad – kelajak uchun birlashamiz” onlayn sammitdagi chiqishi davomida soʻz yuritdi.

Murashko Rossiya pandemiyaning birinchi kunlaridan boshlab Yevropa, Afrika va turli xalqaro tashkilot, jumladan, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga yordam koʻrsatib kelayotganini eslatdi.

Kto, yesli ne mы: dobrovoltsы ob ispыtaniyax vaktsinы ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Koʻngillilar koronavirusga qarshi vaktsina sinovlari haqida soʻzlab berishdi – video

“Pandemiyaning ikkinchi toʻlqini xatarini inobatga olgan holda Rossiya jahon bozoriga toʻgʻridan-toʻgʻri virusga qarshi, jumladan, davolash uchun dorilar, test tizim va vaktsina vositalarini yetkazib berishga tayyor”, - deya Murashko soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Rossiya vaziri Moskva xalqaro tashkilotlar bilan muloqot qilishga tayyorligini qoʻshimcha qilgan.

Eslatib oʻtamiz, koronavirusga qarshi vaktsinaning klinik tadqiqotlari Moskva shahridagi ikkita tibbiyot muassasada koʻngillilar guruhida oʻtkazilmoqda. Iyul oxiriga qadar ularni yakunlash rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala