Dunyoda

Tramp NYT᾽ning Rossiya haqidagi maqolasini buyurtma deb atadi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishBrifing prezidenta SSHA D. Trampa
Brifing prezidenta SSHA D. Trampa - Sputnik Oʻzbekiston
Amerika prezidentining soʻzlariga koʻra, nashr tayangan manba hatto mavjud ham emas. Bu navbatdagi buyurtma maqoladir.

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp The New York Times gazetasini tanqid qilib, uning Rossiya Afgʻonistondagi Amerika harbiylari oʻlimiga aloqador haqidagi maqolasini buyurtma deb atadi.

“Ehtimol, bu shunchaki soxta (The New York) Times᾽ning navbatdagi yana bir buyurtma maqolasi, ularning Rossiya haqidagi muvaffaqiyatsizlikka uchragan uydirmasi kabi (2016 yildagi prezident saylovlarida Rossiya bilan til biriktirganlik ayblovi  - tahr.). Kim ularning manbasi?”, - deya yozgan Tramp tvitterda.

​U nashrni oʻz manbasini oshkor etishga chaqirgan. Eslatib oʻtamiz, The New York Times maqolasida maʼlumot, jumladan, asirga olingan jangarini soʻroq qilish vaqtida olingan taʼkidlangan edi. Ammo biror bir aniq tafsilot va dalil keltirilmagan edi.

“Hech kim meni, vitse-prezident Maykl Pensni yoki Oq uy xodimlari apparati rahbari Mark Medouzni yolgʻon xabarlar tarqatuvchi “The New York Times”ning “anonim manba”siga tayanib xabar berganidek, rossiyaliklarning Afgʻonistondagi askarlarimizga hujumi haqida ogohlantirmagan. Hamma buni inkor qilmoqda, bizga hujum ham qilinmagan edi”, - deya qoʻshimcha qilgan Tramp.

26 iyun kuni New York Times jurnalistlari maqola chop qilishdi. Unda taʼkidlanishicha, goʻyoki Rossiya “Tolibon”* terrorchilik guruhi aʼzolariga Afgʻonistondagi Amerika askarlarining boshi uchun mukofot taklif qilgan.

Nashrning fikriga koʻra, bularning barchasi toliblar bilan tinchlik bitimini barbod qilishga qaratilgan edi.

Avvalroq Oq uy Donald Trampga Rossiya goʻyoki toliblarga Afgʻonistondagi AQSH harbiylariga hujum qilish evaziga mukofot taklif etgani haqida xabar qilmaganini maʼlum qilgan edi.

Rossiya TIV amerika harbiylari buyurtma qotilligida rus harbiy razvedkasining aloqadorligi toʻgʻrisidagi xabarni feyk deb atadi.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala