Chet elliklarga Rossiyaga kirishni soddalashtirishmoqchi

© REUTERS / Gleb GaranichBolelshitsa prazdnuyut pobedu sbornoy Rossii
Bolelshitsa prazdnuyut pobedu sbornoy Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gap Rossiya fuqarolari orasida yaqin qarindoshlari bor chet elliklar haqida ketmoqda. Qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada yaqin qarindoshlari bo‘lgan chet el fuqarolari uchun mamlakatga kirishni soddalashtirish niyatida.

Bu haqda “Kommersant’” nashriga bergan intervyusida vazirlik rahbarining o‘rinbosari Yevgeniy Ivanov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ushbu toifadagi odamlar uchun ko‘p marotabalik shaxsiy vizalarni olish imkoniyatini ta’minlaydigan qonun faol ishlab chiqilmoqda.

Ular o‘z arizalarida Rossiya fuqarolari bo‘lgan yaqin qarindoshlarini ko‘rsatib o‘tishi kerak bo‘ladi. Ivanovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jarayon  “RF IIBning hududiy organlari orqali taklifnomalar berish zaruriyatini yo‘q qiladi”.

Kimlar rossiyalik qarindoshining iltimosiga binoan bunday vizani olishi mumkin:

  • ota-onalari;
  • eri (xotini);
  • bolalari (shu jumladan voyaga yetganlar);
  • to‘laqonli yoki to‘laqonli bo‘lmagan aka-uka va opa-singillari (umumiy otasi yoki onasi bo‘lgan);
  • nevaralari;
  • Rossiya fuqarolarining bobo va buvisi.

Bundan tashqari, TIV bunday vizalarning amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha alohida ishlamoqda. Xususan, ushbu hujjatga asosan Rossiya hududida bir yil davomida hech qanday cheklovlarsiz qolishiga imkon berish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0