Dunyoda koronavirus pandemiyasi tezlashmoqda – JSST rahbari

© Wikipedia / Thorkild Tylleskar Shtab-kvartira VOZ v Jeneve.
Shtab-kvartira VOZ v Jeneve. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, garchi ko‘p mamlakatlar muayan bir yutuqqa erishgan bo‘lsa-da, global pandemiya aslida jadallashmoqda

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Dunyoda COVID-19 pandemiyasi tarqalishi ayrim davlatlarda vaziyat yaxshilanganiga qaramasdan tezlashmoqda. Bu haqda  Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus ma’lum qildi.

“Garchi ko‘p mamlakatlar muayan bir yutuqqa erishgan bo‘lsa-da, global pandemiya aslida jadallashmoqda. <...> Barchamiz ushbu pandemiya yakunlanishini xohlaymiz. Hammamiz o‘z hayotimiz bilan yashashni istaymiz. Ammo achchiq haqiqat shuki, u hatto yakunlanishga ham yaqin emas”, - dedi u.

Gebreyesus 30-iyun kuni tashkilot Xitoyda yangi turdagi pnevmoniya o‘chog‘i haqidagi birinchi xabar olganiga roppa-rosa yarim yil bo‘lishi ta’kidladi.

Shuningdek, u olti oy o‘tib dunyoda kasallanganlar 10 million nafardan oshgani, 500 ming kishi vafot etganini qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0