“Malibu” kelib urilgan “Jiguli” ichida ikki kishi tiriklayin yonib ketdi

© Sledstvenniy departament pri MVD Respubliki UzbekistanDvoe chelovek zajivo sgoreli v «Jigulyax” posle stolknoveniya s Malibu
Dvoe chelovek zajivo sgoreli v «Jigulyax” posle stolknoveniya s Malibu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Malibu” haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishdagi “VAZ 2101” mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. “VAZ 2101” haydovchisi va yo‘lovchisi yong‘in chiqqan salonda qolib ketgan.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Surxondaryo viloyatida ikki kishi dahshatli yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

YTH 29-iyun kuni soat 23:30 da Qiziriq tumanidagi 4R 100 avtomobil yo‘lining 81 kilometrida sodir bo‘lgan. “Malibu” haydovchisi 31 yoshli Z.T. Bandixon-Qiziriq tumani yo‘nalishida harakatlanib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi 56 yoshli O‘.X.ning boshqaruvidagi “VAZ 2101”ning  yo‘liga chiqib ketgan. Natijada old o‘ng tomoni bilan uning old chap tomoni bilan to‘qnashgan.

© Sledstvenniy departament pri MVD Respubliki UzbekistanDvoe chelovek zajivo sgoreli v «Jigulyax” posle stolknoveniya s Malibu
“Malibu” kelib urilgan “Jiguli” ichida ikki kishi tiriklayin yonib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Dvoe chelovek zajivo sgoreli v «Jigulyax” posle stolknoveniya s Malibu

YTH oqibatida “VAZ 2101” rusumli avtomashinada yong‘in chiqqan.

“Haydovchi O‘.X. va old o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 50 yoshli A.J.lar yong‘in natijasida avtomashina salonida qolib ketib, hodisa joyida vafot etgan”, - deyilgan xabarda.

© Sledstvenniy departament pri MVD Respubliki UzbekistanDvoe chelovek zajivo sgoreli v «Jigulyax” posle stolknoveniya s Malibu
“Malibu” kelib urilgan “Jiguli” ichida ikki kishi tiriklayin yonib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Dvoe chelovek zajivo sgoreli v «Jigulyax” posle stolknoveniya s Malibu

Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0