Putin Konstitutsiyaga kiritiladigan tuzatishlarni qadriyatlarning mustahkamlanishi, deya atadi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vistupil s obrasheniyem k grajdanam Rossii
Prezident RF V. Putin vistupil s obrasheniyem k grajdanam Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putinga ko‘ra, rossiyaliklar aniq huquqiy normalar ko‘rinishidagi tuzatishlar uchungina ovoz berayotgani yo‘q.

TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. RF prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga qilgan bugungi murojaatida Konstitutsiyaga kiritiladigan tuzatishlarni qadriyatlarning mustahkamlanishi, deya atadi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Soveshanie Vladimira Putina po situatsii s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
“Rus xalqi sovg‘alari” haqida gapirganda Putin kimni nazarda tutgan edi?

"Rossiyaliklar konstitutsiyaga kiritilayotgan tuzatishlarni qo‘llab-quvvatlasalar, qadriyatlarni oliy kafolat sifatida mustahkamlab qo‘ygan bo‘ladilar", - degan Putin.

Putinga ko‘ra, rossiyaliklar aniq huquqiy normalar ko‘rinishidagi tuzatishlar uchungina ovoz berayotgani yo‘q.

"Biz o‘zimiz yashashni xohlaydigan mamlakat uchun ovoz bermoqdamiz. Zamonaviy ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimiga ega bo‘lgan. Fuqarolarni ijtimoiy jihatdan ishonchli himoya qiladigan. Jamiyatga hisobdor bo‘lgan samarali hukumatga ega. Biz farzandlarimiz va nabiralarimizga qoldirishni xohlaydigan va u uchun mehnat qiladigan davlatga ovoz bermoqdamiz", - dedi Rossiya yetakchisi o‘z murojaatida.

Bunday muhim qaror qabul qilar ekan, har bir inson avvalo o‘z yaqinlari haqida o‘ylaydi, bizlarni birlashtiradigan qadriyatlarga tayanadi, dedi Putin.

"Bu haqiqat va adolat. Bu - inson mehnatiga, katta yoshdagi kishilarga bo‘lgan hurmat. Bu - oila va farzandlar haqidagi g‘amxo‘rlik. Ularning sog‘lig‘i, ma’naviy kamoloti haqidagi g‘amxo‘rlik. Asosiy qonunga kiritiladigan tuzatishlar - sizlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda – ushbu qadriyatlar va tamoyillarni, eng oliy, mutlaq konstitutsiyaviy kafolatlar sifatida mustahkamlaydi", - dedi Putin.

Yangiliklar lentasi
0