Dunyoda

Rossiya musulmonlari Qurbon hayitida muhtojlarga yordam beradi

© Sputnik / Said TsarnayevPrazdnovaniye Kurban-Bayrama v gorodax Rossii
Prazdnovaniye Kurban-Bayrama v gorodax Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
“Zakot” xayriya jamgʻarmasi bosh direktori soʻzlariga koʻra, Qurbon hayiti munosabati bilan keng koʻlamli xayriya loyihasi amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Rossiya musulmonlari Qurbon hayiti munosabati bilan keng koʻlamli xayriya loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Muhtoj oilalarga qurbonlik qilingan hayvon goʻshti tarqatiladi. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya musulmonlari diniy idorasi huzuridagi “Zakot” xayriya jamgʻarmasi bosh direktori Rifat Izmaylov maʼlum qildi.

“Hozir jamgʻarma “Qurban-2020” loyihasini oʻtkazishga faol tayyorgarlik koʻrmoqda. Rossiyadagi har bir muhtoj oilalarga qurbonlik qilingan hayvon goʻshtini yetkazib berish muhim (axir baʼzan ayrim oilalarda yil davomida 2-3 marta goʻsht boʻladi)” – dedi Izmaylov.

Bundan tashqari, xorijdagi musulmonlarga yordam koʻrsatiladi. Jamgʻarma rahbarining soʻzlariga koʻra, Rossiya musulmonlari Afrika va Osiyo mamlakatlaridagi muhtojlarga ham yordam beradi.

Bu yil Qurbon hayiti 30 iyulga toʻgʻri keladi. Biroq uni nishonlash haqida yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala