Yil boshidan buyon jinoyatchilik 40 %ga oshdi - Bosh prokuratura

© AP PhotoPatrulnaya mashina uzbekskoy militsii
Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyatlar soni o‘sishi eng ko‘p Farg‘ona, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan. Eng ko‘p sodir etilgan jinoyat turlari esa - firibgarlik va o‘g‘irlikdir.

TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Yil boshidan buyon O‘zbekistonda jinoyatchilik 41,9 %ga oshdi, deb xabar qilmoqda Yuksalish harakati Bosh Prokuratura ma’lumotiga asosan. 

"2020 yilning dastlabki 5 oyida 17 271 ta jinoyat qayd etildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 100 taga (41,9 foizga) ko‘p demakdir", - deyilgan xabarda.

Eng ko‘p oshgan jinoyatchilik turlari: bezorilik - 2,5 baravar, firibgarlik va poraxo‘rlik - 2 baravar,  bosqinchilik - 94 %, o‘g‘irlik - 60 %dan ko‘proq miqdorda oshgan. 

Jinoyatlar soni eng ko‘p oshgan hududlar bu: Farg‘ona viloyati - 143%, Qashqadaryo viloyati - 78%, Toshkent viloyati - 43%, Toshkent shahri - 19% va Samarqand viloyati -18 % miqdorida qayd etilgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0