O‘zbekistonda 1-iyuldan karantin choralari kuchaytiriladi – tafsilotlar

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVo vsex istoricheskix obyektax Samarkanda ustanovleni dezinfitsiruyushie tuneli.
Vo vsex istoricheskix obyektax Samarkanda ustanovleni dezinfitsiruyushie tuneli. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil 1-iyuldan qizil” va “sariq” hududlarda 23:00 dan 07:00 ga qadar ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar va hovlilar oldida bo‘lish taqiqlanadi.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Epidemiologik vaziyatni inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tegishli qarorlarni qabul qildi.

Joriy yil 1-iyul sanasidan boshlab:

  • respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shug‘ullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi;
  • “qizil” va “sariq” hududlarda soat 07:00 dan 23:00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq to‘planish hamda 23:00 dan 07:00 ga qadar ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar va hovlilar oldida bo‘lish taqiqlanadi;

Bunda:

- faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borib-kelishiga ruxsat beriladi;

- mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llaniladi;

- “qizil” va “sariq” hududlarda haftaning shanba va yakshanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.

Yangiliklar lentasi
0