O‘zbekistonda aniqlangan COVID-19 holati 8300 taga yaqinlashdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaProverka temperaturi
Proverka temperaturi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi soatlarda 76 ta yangi koronavirus holati tasdiqlandi. Jumladan, Poytaxt va Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi tun davomida 76 ta yangi koronavirus holati tasdiqlandi.

“2020 yil 30-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8298 (+76) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Katalka dlya perevozki bolnix - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 23-bemor koronavirusdan vafot etdi

Yangi kasallanganlarning 44 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 23 nafari Toshkent viloyatida (shundan 19 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Shu kunga qadar 5496 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2778 nafar bemor davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0