Xushnud Xudoyberdiyev "O‘zA" direktori o‘rinbosari etib tayinlandi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov o‘zining telegram kanalida Xudoyberdiyevni yangi lavozim bilan iliq tabrikladi.

TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. Mass-media fondi direktori, huquqshunos va taniqli bloger Xushnud Xudoyberdiyev "O‘zA" direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bu haqda Hukumat qarori huquqiy axborot kanalida e’lon qilindi.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov o‘zining telegram kanalida Xudoyberdiyevni yangi lavozim bilan iliq tabrikladi.

"O‘zA bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan bloger va Mass-media fondi direktori Xushnudbekni yangi mas’uliyatli lavozim bilan tabriklayman. Birga juda samarali mehnat qildik. Ishonamanki, sizning harakatlaringiz bilan O‘zA yangi darajaga ko‘tariladi. Siz u tashkilotga haqiqiy yangi qon bo‘lib kirayotganingizga ishonaman. Yangilik qilish oson bo‘lmaydi, tayyor turing. Omad!", - deyiladi tabrik matnida.

Xushnudbek Xudoyberdiyev 1989-yili Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. 2010-yili Toshkent Davlat yuridik institutining bakalavriat, 2012-yili esa magistratura bosqichini tamomlagan.

Yangiliklar lentasi
0