Iqtisod

Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha uchrashuvlarni qayta boshlaydi

© AFP / FABRICE COFFRINILogotip VTO
Logotip VTO - Sputnik Oʻzbekiston
Matbuot xizmatining xabariga koʻra, Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlib kirish jarayoni «muhim vazifa boʻlib, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga daxldor boʻlgan koʻplab masalalarni tezkor hal etishni talab etadi».

TOSHKENT, 1 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston va Jahon savdo tashkiloti 7 iyulda qariyb 15 yillik tanaffusdan keyin ushbu tashkilotga aʼzo boʻlish boʻyicha qoʻshma ishchi guruh majlisini boshlaydi, deb xabar qildi OʻzA.

Shtab-kvartira Vsemirnoy torgovoy organizatsii VTO - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekistonda mamlakatning JSTga aʼzo boʻlishi uchun maxsus komissiya tuzildi

Uchrashuvlar pandemiya tufayli hozircha videokonferentsiya formatida boʻlib oʻtadi, deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston 1994 yil iyun oyida tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimda kuzatuvchi maqomini olgan, 1998 yilda JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha muzokara olib boruvchi ishchi guruh tashkil etilgan. Keyingi yillarda ushbu ishchi guruh faqat uch marotaba yigʻilgan. Soʻnggi uchrashuv 2005 yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgandi. Bundan avvalroq Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi ishchi guruh majlislari joriy yil mart oyining oxiri, aprel oyining boshlarida boshlanishini rejalashtirgan edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli uchrashuvlar amalga oshmadi.

YEOII va JST - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
YEOIImi yoki JST - soʻrov natijasi

Vazirlik matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov JST bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyaning navbatdagi majlisini oʻtkazgan. Unda ishtirokchilar muzokara olib boruvchi guruh majlisini qayta boshlash masalasini muhokama qilgan.

Matbuot xizmatining xabariga koʻra, Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlib kirish jarayoni «muhim vazifa boʻlib, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga daxldor boʻlgan koʻplab masalalarni tezkor hal etishni talab etadi».

2017 yil noyabr oxirida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga tashrifi chogʻida mamlakat JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha saʼy-harakatlarni boshlab yuborganini taʼkidlagan edi. 2019 yil iyulda Oʻzbekiston tomoni mamlakatning tashkilotga aʼzo boʻlish haqidagi arizasini koʻrib chiqish uchun JSTga tashqi savdo toʻgʻrisidagi yangilangan memorandumni bergan. Mamlakat tashqi ishlar vazirligining maʼlumoti boʻyicha, Oʻzbekiston JSTga qoʻshilishida iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakat sifatida maʼlum bir imtiyozlarga ega boʻlishni moʻljallamoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala