YeOII bosh vazirlari uchrashuvi 17-iyul kuni bo‘lib o‘tadi

© Press-slujba pravitelstva / Sabir Ailchiyev Flagi stran YeAES. Arxivnoe foto
Flagi stran YeAES. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YeOIIning 17-iyuldagi uchrashuvi ushbu integratsion iqtisodiy ittifoqning mustahkamlanishi uchun xizmat qiladi.

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bosh vazirlarining uchrashuvi 17-iyul kuni bo‘lib o‘tadi, dedi jurnalistlarga Rossiyaning Minsk shahridagi elchisi Dmitriy Mezensev. RIA Novosti xabariga asosan.  

"Biz 17-iyul kuni YeOII davlatlari bosh vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tishini kutmoqdamiz. Qanday ko‘rinishda bo‘lmasin u iqtisodiy integratsion uyushmaning mustahkamlanishi uchun qo‘yilgan qadam bo‘ladi", - dedi Mezensev. 

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi - xalqaro integratsion iqtisodiy uyushma bo‘lib, 2015-yilning 1-yanvaridan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Uning ishtirokchilari - Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izston. 2020-yil YeOIIda Belarus Respublikasi raisligida o‘tadi. 

2020 yilning aprel oyida O‘zbekiston Oliy Majlisi Respublikaning YeOIIga kuzatuvchi maqomida qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi. 

Yangiliklar lentasi
0