Ilk bor Xitoyda uchrashishgan: Tokayev Nazarboyev bilan qanday tanishgani haqida gapirdi

© Sputnik / Vladislav VodnevYelbasi Nursultan Nazarbayev i prezident RK Kasim-Jomart Tokayev na forume partii Nur Otan
Yelbasi Nursultan Nazarbayev i prezident RK Kasim-Jomart Tokayev na forume partii Nur Otan  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilk uchrashuv davomida hozirgi davlat rahbari Kasim-Jomart Tokayev Nursulton Nazarboyev aytgan fikrlar dadilligidan hayratga tushgan

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Egemen Qazaqstan nashriga bergan intervyusida birinchi prezident - Yo‘lboshi Nursulton Nazarboyev bilan tanishuvi haqida yodga oldi, deb xabar beradi Sputnik Qozog‘iston.

Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Nursulton Nazarboyev koronavirus yuqtirib oldi

Ikki yetakchi 35-yil oldin tanishishgan. Tokayevning so‘zlariga ko‘ra, u Nazarboyevni ilk marotaba Vatan sarhadlaridan tashqarida uchratgan.

"1985 yilning sentabrida Nursulton Abishevich Qozog‘iston SSR vazirlar kengashi raisi sifatida Xitoyga tashrif buyurgan edi. O‘sha vaqtda men elchixonada faoliyat yuritardim. O‘sha vaqtdayoq qozoq hukumat rahbari xitoy tomoni bilan muzokaralar davomida namoyon etgan: chuqur bilimi, fikrlari dadilligi, nutqining izchilligi va ravonligi bilan bizni hayratga solgan", -deya yosh Nazarboyevdan o‘z hayratini yashirmagan Tokayev.

O‘sha vaqtda Qozog‘istonning bo‘lajak prezidentlar norasmiy tarzda suhbatlashishga muvaffaq bo‘ladilar. Aynan o‘shanda Kasim-Jomart Tokayev Nazarboyevni katta siyosiy kelajak kutayotganini fahmlaydi.

Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev: Qozog‘istonga amerikancha demokratiya "shapkasini kiydirib" bo‘lmaydi

"Ikki yarim soat davom etgan norasmiy muloqotdan so‘ng elchixona xodimlari bilan uchrashganimizda hamkasblarimga qarab: "Biz hozirgina Qozog‘istonning bo‘lajak prezidenti bilan suhbatlashdik, chog‘i", degan edim. Oradan besh yil o‘tgach, Nursulton Nazarboyev mamlakatga rahbar bo‘ldi", - deya qo‘shimcha qildi Qozog‘istonning ikkinchi prezidenti.

Shuningdek, Tokayev saxiy qalb bu inson uning iqtidoriga ishonch bildirib, bor bilim malakasini mamlakat foydasi - Qozog‘iston manfaatlari uchun xizmat qildirishga imkon berganini qo‘shimcha qilgan

Tokayevning aytishicha, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan yillar davomida u dunyoning eng obro‘li siyosatchilari Nursulton Nazarboyev haqida a’lo fikrlarni bildirishganini ko‘plab marotaba eshitgan.

Yangiliklar lentasi
0