Basitxanova Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovElmira Basitxanova
Elmira Basitxanova - Sputnik Oʻzbekiston
Basitxanova Oʻzbekiston prezidentining joriy yil 3 iyuldagi tegishli qaroriga asosan Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

TOSHKENT, 3 iyul - Sputnik. Elmira Basitxanova yana Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi SSV matbuot-xizmati.

Ministr zdravooxraneniya Kazaxstana Yeljan Birtanov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirusga chalingan Qozogʻiston SSV rahbari vazifasidan ozod qilindi

Oʻzbekiston prezidentining joriy yil 3 iyuldagi tegishli qaroriga asosan Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimiga Basitxanova Elmira Irkinovna tayinlandi.

Basitxanova 1958 yilda tugʻilgan. 1981 yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tamomlagan, tibbiyot fanlari doktori.

Tayinlovga qadar Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida faoliyatini boshlagan va koʻp yillar bosh shifokor sifatida, shuningdek, Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, soʻng Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. Ayni paytga qadar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala