Fuqarolarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi o‘zgardi

© Sputnik / Yuliya Chestnova / Mediabankka o‘tishOformlenie vremennoy propiski
Oformlenie vremennoy propiski - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun hisoblanishi belgilandi.

TOShKENT, 3-iyul - Sputnik. 2020-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun hisoblanishi, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish bir kun ichida amalga oshirilishi belgilandi.

Oformlenie vremennoy propiski - Sputnik O‘zbekiston
"Propiska" to‘g‘risidagi qonunga muhim o‘zgartishlar kiritildi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida – 2020-yil 1-sentabrdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – 2021-yil 1-yanvardan boshlab, - O‘zbekistonfuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bilan bog‘liq ishlar idoralararo elektron hamkorlik orqali "yagona darcha" tamoyili asosida Ichki ishlar vazirligining "Manzil" avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida amalga oshirilishi belgilandi.

Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini buzganlik holati O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli hudud va manzildan chiqarib yuborish uchun asos bo‘lib hisoblanmasligi qayd etildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolarini doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda avvalgi doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqish tartibi bekor qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston fuqarolariga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga ro‘yxatga olish shtampini bosish amaliyotini bekor qilish mexanizmi ishlab chiqilmoqda.

Harbiy xizmatga majburlarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan olinishda mudofaa ishlari bo‘limlariga harbiy hisobdan chiqish va harbiy hisobga turish uchun borish tartibi bekor qilinishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Goroda Mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilishga doir hukumat qarori tayyorlandi

Ko‘chmas mulk egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmaganda, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalanib va axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, uni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi hamda Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlar bazasidan olishni yo‘lga qo‘yilmoqda.

Aholiga taqdim etilayotgan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida elektron raqamli imzo o‘rniga shaxsni tasdiqlashning muqobil shakllarini, shu jumladan mobil aloqa telefon raqamlari orqali shaxsni tasdiqlashning qo‘shimcha imkoniyatlarini yaratishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish ishlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratiladi.

Oformlenie vremennoy propiski - Sputnik O‘zbekiston
Ikromov: propiska so‘zi amaldan chiqarilib, o‘rniga “qayd etish” birikmasi ishlatiladi

Bunda Ichki ishlar, Adliya, Mudofaa, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi "Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi" DUK bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustgacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekiston fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bilan bog‘liq jarayonlarni amalga oshirish maqsadida tegishli axborot tizimlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilinadi.

Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganda tegishli idoralarga davlat xizmatlarining avtomatik tarzda ko‘rsatilishi uchun xabarnoma yuborilishini tashkillashtirsh, barcha doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni talab etadigan davlat xizmatlari hamda boshqa ma’muriy tartib-taomillarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0