Video

Germaniya “Shimoliy oqim-2”ni toʻxtatishga uringani uchun AQShga sanktsiyalar bilan tahdid qildi

Germaniya kantsleri Angela Merkel “Shimoliy oqim-2”ga qarshi AQSH sanktsiyalarini tanqid qildi. Berlinda, loyihaga qarshi har qanday cheklov choralari - Germaniya suverenitetining buzilishi, deb hisoblashmoqda.

Shu sababli Bundestagda amerikaliklarga qarshi javob keskin sanktsiyalarni qoʻllash toʻgʻrisida koʻproq bayonotlar yangray boshladi.

12 milliard yevro miqdorida Yevropa sarmoyalari xavf ostida qoldi, oddiy isteʼmolchilar yiliga 4 milliard yevro tejashi mumkin edi. Shuningdek, loyihani toʻxtatilishi Yevropa infratuzilmasi va energiya xavfsizligiga taʼsir qiladi.

Eslatib oʻtamiz, "Shimoliy oqim-2" loyihasi Rossiya qirgʻoqlaridan Boltiq dengizi orqali Germaniyaga umumiy quvvati yiliga 55 milliard kubometr gaz boʻlgan ikki quvurni yotqizishni nazarda tutadi. AQSH loyihaga qarshi chiqib, Yevropa ittifoqi va Ukrainaga oʻzining suyultirilgan gazini sotishga harakat qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala