Hodisalar

Moskvada kuryerlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi – video

© Sputnik / Vladimir Baranov / Fotobankka oʻtishKuryerы slujb dostavki Delivery Club i "Yandeks Yeda"
Kuryerы slujb dostavki Delivery Club i Yandeks Yeda - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kuni kecha Moskvada “Yandeks.Yeda” va Delivery Club kuryerlari oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Politsiya holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazmoqda.

TOSHKENT, 3 iyul — Sputnik. Moskvada 2 iyul kuni “Yandeks.Yeda” va Delivery Club kuryerlari orasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi.

Moskva IIB matbuot xizmati maʼlum qilishicha, ushbu holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmoqda.

“Marshal Katukov 19 manzilida janjal yuz bergani haqida soat 14.30 da 02 xizmatiga xabar keldi. Politsiya xodimlari ushbu manzilga kelgan vaqtda jamoat tartibini buzayotgan shaxslar voqea joyida yoʻqligi maʼlum boʻldi”, - deyilgan IIB xabarida.

Guvohlar taʼkidlashicha, mushtlashgan kishilar politsiya kelishi bilan qochib ketishdi. Jarohatlanganlar haqida maʼlumot kelib tushmadi.

Kurerlar uyushmasi Telegram-kanalida joylashtirilgan xabarda aytilishicha, janjalning sababi - kompaniyalar oʻrtasidagi qarama-qarshilik emas, balki buyurtma berish paytida niqob va qoʻlqopda boʻlish masalasi boʻldi.

Yangiliklar lentasi
0