O‘zbekistonda koronavirus: 3-iyul asosiy xabarlari

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishTestirovanie na nalichie antitel k COVID-19
Testirovanie na nalichie antitel k COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugunning o‘zida 127 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 6161 nafarga yetdi.

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Vaksinatsiya protiv gepatita  - Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vazirligi vaksina sinovidan o‘tayotgan ishtirokchilar ahvoli haqida xabar berdi

Bir sutka davomida 127 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9326  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanishlar: 93 nafari — karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan), 31 nafari — Toshkent shahrida (13 nafari bemor bilan muloqotda bo‘lgan, 18 nafari aholi orasida), 3 nafari — Toshkent viloyatida bemor bilan muloqotda bo‘lgan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 127 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 6161 nafarga yetdi.

Ayni paytda 3137 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Davolanayotganlarning 8 nafari – o‘ta og‘ir, 16 nafari – og‘ir, 230 nafari – o‘rta og‘ir holatda.

O‘zbekistonda 1,2 mlndan ortiq koronavirus testi o‘tkazildi. 65 mingdan ortiq fuqaro tibbiy nazoratda.

28-o‘lim

Toshkentda 59 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Toshkent shahrida yashovchi G‘.B. 2-iyul kuni o‘ta og‘ir holatda poytaxtdagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.

Unga "yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, infarktdan keyingi kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya" tashxisi qo‘yilgan. Bemorda shu kuni koronavirus ham aniqlangan. U doimiy gemodializ muolajasini olib turgan. Reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etdi.

Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 2-iyul asosiy xabarlari

YeI himoya vositalari

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston DXX chegara qo‘shinlariga COVID-19 koronavirusiga qarshi shaxsiy himoya vositalarini taqdim etdi. Harbiylar 830 dona maxsus himoya kiyimi, ming dona antiseptik va 15 ming dona niqob oldilar.

Migrantlarga yordam

Moskvadagi mehnat migrantlari uchun koronavirusga bepul test topshirish imkoniyati yaratildi. Moskva shahri va viloyatida mehnat migrantlarini tibbiy qo‘llab-quvvatlash dasturi ishga tushirildi. U O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi va Xalqaro Shodiyev fondi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Dunyo salomatligi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 10,9 milliondan oshdi, 526 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (2,7 mln), Braziliyada (1,4 mln), Rossiyada (660 ming).

Yangiliklar lentasi
0